O’tilganlarni takrorlash avvalgi mavzu materiallari va darslikning shu mavzusida berilgan vazifalar yordamida amalga oshiriladi.
Nazorat ishi uchun test o’tkazish tavsiya qilinadi. Test uchun BST-1 dan BST-52 gacha bo’lgan blits-savol-testlardagi 9-sinf mavzulariga mos ochiq va yopiq testlardan variant tayyorlash mumkin. Variantlardagi testlar soni 12-15 ta bo’lishi maqsadga muvofiq.
Uyga vazifa: 1. Darslikdagi ishlanmay qolgan yoki qo’shimcha misollar.
2. Test tuzish (10 ta yoki undan ortiq test).
Darsningmaqsadi: o‘quvchilarga Paskal dasturlash tilida chiziqli dasturlar tuzishni o‘rgatish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga chiziqli algoritmlarning dasturi - chiziqli dastur va uni tuzish haqida bilim va ko’nikma berish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilim olishda tartib va intizomga rioya qilishga hamda berilgan topshiriqni belgilab olingan ketma-ketda bajarishga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilar tomonidan boshqa o’quv fanlarida ko’rib chiqilgan masalalarini ham kompyuterdan foydalangan holda hal etishga yo’naltirishish orqali fanlarni o’zlashtirilishiga erishish.
Masalani kompyuter yordamida hal etish. Masalaning maqsadi va qo‘yilishini. Chiziqli dasturlar tuzish. Dasturning ishlash prinsipi. Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish. Natija olish va uni tahlil qilish.