mohiyati qisqacha yoritiladi. 1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish
ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan
muloqotga kirisha olish.
2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga
tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati
natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu
kompetentlik negizida psixologik, metodik, informat- sion, kreativ,
innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida
quyidagi mazmunni ifodalaydi:
a) psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik
muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari
bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z
vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
b) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan
oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri
belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni
samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
c) informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli,
foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan
maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
d) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va
ijodiy yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta
olish;
e) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillash- tirish,
ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga
doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq
etish;
f) kommunikativ
kompetentlik
-
ta’lim jarayonining barcha
ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni
tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
g) Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish,
malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini
namoen qilish.
h) Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan
ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va
texnologiyalardan foydalana olish.
i) Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar,
texnologik jarayon ishdan chiqqan) da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda
oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.