11-Mavzu: Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xususiyatlarini hisoblash (2-qism)



Yüklə 104,92 Kb.
səhifə1/3
tarix26.11.2022
ölçüsü104,92 Kb.
#70736
  1   2   3
11-ma\'ruza


11-Mavzu: Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xususiyatlarini hisoblash (2-qism)


Qarshiligi R bo’lgan reaktiv rezistordan o’tuvchi o’zgaruvchan tok

Om qonuni hamda undan kelib chiqqan Kirxgofning qonunlari o’zgarmas tok uchun aniqlangan edi. Lekin ular o’zgarish tezligi juda kichik bo’lgan o’zgaruvchan tok va kuchlanishning oniy qiymati uchun to’g’riligicha qoladi. Elektromagnit g’alayonlar zanjir bo’ylab yorug’lik tezligi ga teng tezlik bilan tarqaladi.



11.1-rasm. Zanjirga ulangan R qarshilik va o’zgaruvchan tok
hamda kuchlanish vektorlari.

Agar g’alayonlanishni zanjirning eng uzoq nuqtasiga uzatish uchun za’rur bo’lgan vaqt ichida tok kuchi juda kam o’zgarsa, u holda tok kuchining oniy qiymati zanjirning butun kesimi bo’ylab amalda bir xil bo’ladi. Bunday shartlarga bo’ysinadigan toklar kvazistatsionar toklar deb ataladi. Davriy o’zgaradigan toklar uchun kvazistatsionarlik sharti quyidagicha yoziladi:





bu yerda o’zgarish davri.
Kvazistatsionar toklarning oniy qiymatlari Om qonuniga bo’ysinadi. Binobarin, bu toklar uchun Kirxgof qonunlari ham o’rinlidir. Induktivlik va sig’imga ega bo’lmagan R qarshilikning (bunday qarshilik odatda aktiv qarshilik deb ataladi) ikki uchiga

qonun bo’yicha o’zgaruvchi kuchlanish berilgan bo’lsin, bunda kuchlanishning amplitudaviy qiymati (11.1-rasm). Kvazistatsionarlik sharti bajarilganda qarshilikdan o’tayotgan tok Om qonuni bo’yicha topiladi:



Shunday qilib, tok kuchi va kuchlanishning amplitudaviy qiymatlari orasida quyidagi munosabat mavjud:



Agar o’zgaruvchan tok va kuchlanishni vektorlar yordamida tasvirlasak, ular orasidagi munosabat yanada yaqqolroq ko’rinadi. Tok yoki kuchlanish vektor-larining yig’indisi ushbu zanjirning vektor diagrammasini tashkil qiladi.





Yüklə 104,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin