10-Mavzu: O‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarning shaxsiy, huquqiy jihatlari Reja: 1



Yüklə 316,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix06.05.2023
ölçüsü316,62 Kb.
#108879
  1   2
10-mavzu



10-Mavzu: O‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarning
shaxsiy, huquqiy jihatlari 
Reja:
1.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, talaba- 
yoshlarni ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan 
bo‘lib qoldi. Chunki davlatning asosini ma’naviyat tashkil etadi, 
ma’naviyatiga e’tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo‘lmaydi. Shuni 
aytish kerakki, insonning ma’naviyati uning axloqi, odobi, xulqi, 
madaniyatidan tashkil topadi. Axloq esa aqliy, huquqiy, diniy, iqtisodiy va 
siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar, o‘z navbatida, inson 
axloqiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Demak, axloq 
insonning ijobiy sifatlari majmuyidir. Odob va axloq bir-biri bilan uzviy 
bog‘liqdir. Odob alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi 
axloqiy kategoriyadir. 
Odob – bu, har bir insonning jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda 
yurish-turishida o‘zini tuta bilishini ko‘rsatadi. 
Axloq – jamiyatda qabul qilingan jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan 
xulq odob normalari. Madaniyat – jamiyatning unda yashovchi fuqarolarning 
faoliyati jarayonida to‘plangan barcha ijobiy, aqliy yutuqlar majmuasi. 
Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy intellektual fazilatlar 
majmuasidir. Mustaqil fikrlash – bu fahmlash, anglash, fikr yuritishdan 
boshlanadi. Tafakkur – inson ongidagi mavjud ilmiy-hayotiy bilimlar 
majmualarining keragini saralab olish va amaliyotga qo‘llash. Ijodkor 
pedagog talaba- yoshlarning xulq madaniyatini shakllantirishda ma’naviy 
qadriyatlarning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Pedagog 
ijodkorligi natijasida talaba-yoshlar ajdodlar tarixi, adabiyoti, san’ati, 
an’analari va urf-odatlari haqida chuqur bilim oladi. Talabalarning ma’naviy 
merosga bo‘lgan qiziqishi oshadi. Dars jarayonida samimiy, sog‘lom 
ma’naviy muhit yaratiladi. Ma’naviy meros manbalaridan samarali 
foydalanish natijasida talabalarning xulq madaniyati kamol topadi. Talaba-
yoshlarning xulq madaniyatni shakllantirish, birinchidan, dars jarayonining 
muvaffaqiyatli bo‘lishiga, ikkinchidan, ta’lim mazmuniga va pedagog-talaba 
hamkorlik faoliyatiga bog‘liq. Hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, 
mas’uliyatni, faollikni talab qiladi. Bunda har bir darsdan pedagog 
maqsadni aniq ko‘ra bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab 
olishi lozim. 
Dars jarayonidagi bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilligi va 
tarbiyaviy harakteri, qiziqarliligi talabalarda ta’lim va tarbiyaviy tomondan 
o‘rganiladigan bilimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ularning bilimini 
kengaytirish, yuksak xulqli bo‘lish kabi ko‘nikma va malakalarini 
shakllantiradi. Barcha shakldagi dars jarayonlarida talabalar xulq, 
madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirish uchun savol-javob 
qilish, munozarali vaziyat paydo qilish, mustaqil ishlash, turli o‘yinlardan 


foydalanish kabi usullardan foydalanish muhimdir. 
Talabalarning ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ularga o‘tmish 
adabiyoti, tarix, milliy urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish 
pedagogdan doimo faollik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. 
Talabaning ma’naviy ehtiyojini qondirish, qiziqishini o‘stirish mustaqil 
ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va boshqa) orqali amalga oshiriladi. 
Mustaqil ishlar pedagog va talaba faoliyatining uzviy bog‘langan 
tomonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda talaba o‘z ustida mehnat qiladi, 
ijodiy izlanadi, o‘z nuqtayi nazari, qarashlarini shakllantirish bilan birga 
dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi. Mustaqil ishlash 
ko‘proq darslik ustida ishlash, manbalarning mazmunini tahlil etish, 
ma’ruza, referat, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish (chet tilida ham) 
kartochkalarga yozma javob berish, turli jadvallar, diagrammalar, sxemalar 
tuzishni taqozo etadi. Bularning barchasi talabadan izlanuvchanlikni talab 
qiladi. Mustaqil ishlar, seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbalarga 
asoslanadi. 
a) 
Darslik materiallariga; 
b) 
Ma’naviy meros hisoblangan xalq og‘zaki ijodi, diniy manbalar, 
mumtoz adabiyot va boshqalar; 
v) Ommaviy axborot vositalari materiallariga (jurnal, gazetalar, radio 
eshittirishlar, oynayi jahon ko‘rsatuvlari); 
g) 
Hayotiy misollarga (oilaviy-maishiy an’analar, urf-odatlar, rasm- 
rusumlar, ma’naviy qadriyatlar va h.k). 
Og‘zaki mustaqil ish turlari va o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini 
talabalar amaliy faoliyatida mustahkamlashtirishga yo‘naltirilgan ba’zi bir 
yozma shakldagi mustaqil ishlar (insho, savollarga yozma javob topish, 
jadval, diagramma, kartochkalarni to‘ldirish)dan aralash dars shaklida keng 
foydalanish yaxshi samara beradi. Masalan, adabiyot darslarida “Allomalar 
mehmonimiz”, “Temuriy ijodkorlar”, “Bugungi davr - allomalar ko‘zi 
bilan” kabi munozaralar, bahslarni tashkil etish mumkin. 
Dars jarayonida pedagog ma’naviy meros manbalaridan ustalik bilan 
foydalanishi, ularning ta’lim va tarbiyaviy ta’sirini hisobga olishi, darsni 
“qanday tarzda tashkil etilishidan qat’i nazar (o‘yin darsi, munozara darsi, 
sinov darsi va h.k.) uni uyushtirishda faol, ijodkor, qat’iy bo‘lishi, ma’naviy 
merosni yaxshi bilishi va uni amaliyotga tatbiq qila olishi zarur. 
Talabalarning og‘zaki mustaqil tayyorgarligi asosida noan’anaviy dars 
shakllarini uyushtirish ham xulq madaniyatini shakllantirishning samarali 
usullaridan hisoblanadi. Bunda turli mavzulardagi bahs - munozara 
darslarini 
o‘tkazish mumkin. Bunday darslarga tayyorgarlik ko‘rish 
jarayonida talaba keng hajmdagi ma’naviy manbalarga, badiiy asarlar, xalq 
og‘zaki ijodi namunalariga, pandnomalar, diniy manbalar, sharq allomalari 
hayotiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop, avtobiografik asarlar, matbuot va 
ommaviy axborot materiallariga murojaat qiladi. Natijada muammoli 
savollarga javob topadi, ajdodlar ma’naviy merosi bilan tanishishga 
muyassar bo‘ladi. Bunday darslar yetarli tayyorgarlik, mahorat va keng 
ko‘lamli bilim, tajriba, mustaqillikka asoslangan holda tashkil etilsa, 


talabaning xulq madaniyatini shakllantiruvchi quyidagi ijobiy natijalarni 
beradi: 
 
dars davomida talabaning erkinligi, mustaqilligi, faolligiga erishiladi; 
 
talabalar jamoa fikriga tayanishga, uni hurmat qilishga o‘rganadilar, 
bu bilan ularda o‘zaro hurmat, muloqot madaniyati tarbiyalana boradi; U 
talabalar o‘z fikr-mulohazalarini, qarashlarini himoya qilish, ularni 
boshqalarga yetkazish mahoratini egallaydilar; 
 
talabalarda u yoki bu adibning qarashlarini, xalq pedagogikasi, hayot 
tajribasi asosida ko‘tarib chiqilgan muammolar mohiyatini davr bilan 
bog‘lash, atrof-muhit talabi, imkoniyati asoslarini haqqoniy baholash 
malakasi shakllanadi; 
 
talabalarning o‘zbek xalqining ma’naviy turmush tarzi haqidagi bilim 
darajasi ortadi, axloqiy - ma’naviy sifatlari shakllanadi; 
 
har bir talabada o‘z-o‘ziga talabchanlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish
hissi ortadi, o‘z ustida ishlashga, o‘zini anglashga e’tibor kuchayadi. 
Bunday muvaffaqiyatli natija sinov darslari, yakuniy darslarda namoyon 
bo‘ladi. Talaba xulq madaniyatini asosiy mezonlari: insonparvarlik, 
mehnatsevarlik, milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr- muhabbat, iymon, 
ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini 
baholashni talab etadi. Bu talab talabaning Vatan, ota-ona, do‘stlari, jamoa 
oldidagi burchi, vazifalariga, ta’lim- tarbiya jarayonida namoyon bo‘ladigan 
faollik, ijodkorlik xususiyatlariga munosabati orqali amalga oshiriladi. O‘z 
bilim, xatti- harakati, atrof-muhitga munosabatini nazorat qilish, o‘z-o‘zini 
baholashni tashkil etish talabaning yozma ijodiy faoliyati orqali samarali 
namoyon bo‘ladi. Ta’limning samarali shakllari, an’anaviy va noan’anaviy 
dars turlari, vositalari va usullaridan, jumladan, ta’lim jarayonida 
talabalarning turli ijodiy yozma ishlari: insho, referat, konspekt, ma’ruza 
kabi turlaridan keng foydalanish zarur. Dars jarayonida talabalarning 
yozma ijodiy ishlaridan samarali foydalanish uchun qator pedagogik 
shartlarga amal qilish zarur. 
Bunda: 
 mustaqil ijodiy ishlarning turlari, mavzusi, harakteri va unga 
qo‘yiladigan talablar aniq belgilab berilishi;
 chet tili, adabiyot va boshqa darslarda mustaqil yozma ishlarni 
uyushtirish va ularni amalga oshirish uchun qisqa uslubiy tavsiyalar 
tayyorlash;
 pedagog ma’naviy sifatlarini, ma’naviy tarixi, qadriyatlar mazmuni 
va harakteri haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lishi, ularning tarbiyaviy 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llarini bilishi;
 pedagog ham, talaba ham darslik va qo‘shimcha manbalar bilan 
mustaqil ishlashi;
 pedagog ta’limni tashkil etishning an’anaviy va noan’anaviy 
shakllari, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari, ish natijalari haqida to‘liq 
pedagogik bilim bilan qurollangan bo‘lishi;
 pedagog har bir dars mavzusi, dars shakli, usul va vositalarini talaba 


xulq madaniyatining shakllariga ta’sirini oldindan ko‘ra bilishi;
 yozma ijodiy ishlar talabalarning ixtiyoriyligi, ijodkorligi, qiziqishi 
asosida amalga oshirilishi lozim.
Dars jarayonida yaratilgan ma’naviy muhit talabalarda ijodkorlik, 
erkinlik, faollik, tasavvur boyligi va bilimga bo‘lgan qiziqishni 
shakllantiradi. Dars jarayonida ma’naviy merosimiz: o‘tmish allomalarning 
fikr-qarashlari, odob-axloq, to‘g‘risidagi turli hikoyalar, xalq og‘zaki 
ijodidan turli rivoyatlar, maqollardan foydalanish talabaga ma’naviyatimiz 
xazinasi haqida puxta bilim olish, egallangan bilimni namunali namoyon 
etish, dastur va darslik materiallarini hayotiy tajribadan olingan misollar 
bilan mazmunan to‘ldirish, ruhiy holatlar, tasavvur, idrok, hissini bayon 
etish, hozirjavoblik, ta’sirchanligi bilan farqlanadi. 

Yüklə 316,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin