10-ma’ruza Mavzu: bargning morfologik, anatomik tuzilishi va asosiy vazifalari



Yüklə 392,79 Kb.
səhifə1/4
tarix22.09.2023
ölçüsü392,79 Kb.
#147399
  1   2   3   4
10-ma\'ruza




10-ma’ruza
Mavzu: BARGNING MORFOLOGIK, ANATOMIK TUZILISHI VA ASOSIY VAZIFALARI
Talabalarga barg funksiyasi, morfologik va anatomik tuzilishi haqida tushuncha berish.
Reja:
1. Barg va uning vazifalari
2. Barg va uning tuzlishi
3. Oddiy va murakkab barglar
4.Barglarning tomirlanish sistemasi.
5. Barglarning novda o`qida joylanish tartibi.
6. Barglarning hosil bo‘lishi va rivojlanishi.

Barg poyaning yer ustki, ba’zan shakl o’zgargan holatdagi yer ostki o’simtasi hisoblanib, poya bilan birga novdani tashkil etadi. Barg yuksak o’simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan.


O‘simlik hayotida eng muhimfunksiyalardan bo‘lgan fotosintez, nafas olish va transpiratsiyani barg bajaradi. Yuksak yashil o‘simliklarda barg o‘simliklarning eng muhim organlaridan biri bo‘lib, ular quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:

  1. Barg havodan karbonat angidrid gazini va ildizi orqali tuproqdan suvni so‘rib olib yorug’lik energiyasi ta’sirida organik moddalar hosil qiladi (fotosintez jarayoni), havoga kislorod ajratib chiqaradi.

  2. Barg ildiz yordamida suvning so‘rilgan tuzli eritmalarini o‘simliklarning hamma organlariga ko‘tarilishiga yordam beradi.

  3. Barglar toza suvni bug‘lantirib transpiratsiya vazifasini bajaradi va yana tuproqdan mineral moddalarga boy bo‘lgan suvni o‘zlashtiradi. Ayniqsa,yozning issiq kunlari bug‘langan suv o‘simliklarni qizib ketishidan saqlaydi.

  4. Barglar nafas olishda ham kata ahamiyatga ega.

Ayrim o‘simliklarda barg o‘zida zaxira oziq moddalarni to‘plash uchun ham maxsus joy hisoblanadi. Piyozbosh, aloe, boshkaram ana shunday o‘simliklardandir. Shuningdek, vegetativ ko’payishda ham ahamiyatga ega.
Barg novdaning o‘sish konusdagi meristema hujayralaridan hosil bo‘ladi.
Bargning hosil bo‘lishida o‘sish nuqtasining tunika va korpus hujayralari ishtirok etib, shu nuqtadan biroz pastroqda bo‘rtmalarni, bo‘rtmalar esa boshlang‘ich bargchalarni hosil qiladi. Boshlang‘ich bargchalarning hosil bo‘lishi bilan barg plastinkasi, bandi hamda yon bargchalar shakllana boshlaydi.
Demak, gulli o‘simliklarning to‘la rivojlangan bargi uchta asosiy qismdan: barg yaprog’i (plastinkasi), bandi va yonbargchalardan iborat. Ayrim bir va ikki pallali o‘simliklardan barg bandi o‘rnida barg qini bo‘ladi.


Yüklə 392,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin