1. Yuritma elektrodvigatel turini tanlash asoslari Elektr dvigatelning quvvati tanlashning uchta asosiy sharti



Yüklə 423,88 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.06.2023
ölçüsü423,88 Kb.
#121642
И 15м



15-maruza. Yuritma elektr motori turini tanlash va quvvatni hisoblash. 
Reja: 
1. Yuritma elektrodvigatel turini tanlash asoslari 
2. Elektr dvigatelning quvvati tanlashning uchta asosiy sharti 
Yuritma elektr dvigatelini tanlashda quyidagi qator masalalar ochiladi: 
- elektr dvigatel quvvatini hisoblash; 
- nominal aylanish tezligini hisoblash (shuningdek mexanik uzatmaning uzatish nisbati 
aniqlangan); 
- yuklanish shartlari bo‘yicha ish rejimlariga ko‘ra dvigatelni tanlash; 
- yurgizish shartlariga ko‘ra dvigatelni tanlash; 
- dvigatel qoplamasi (qobig‘i) himoya darajasini aniqlash; 
- atrof – muhitga ko‘ra dvigatel konstruktiv bajarilishini tanlash
- dvigatelni sovutish tizimini tanlash. 
Atrof – muhit shartlariga ko‘ra dvigatellar quyidagi klimatik bajarilishlarda tayyorlanadi. У,УХЛ, 
Т, М, ОМ (GOST 15543 - 70) (mo‘tadil, mo‘tadil va sovuq, tropik, dengiz iqlimi).
Xizmat ko‘rsatuvchi personalning tok o‘tkazuvchi va xarakatlanuvchi qismlarga tegib 
ketishidan himoyalash bo‘yicha, mashina ichiga begona jismlar tushishidan, namlik va suv 
tushishidan himoyalash bo‘yicha quyidagi bajarilishlarda tayyorlanadi: 
IP00 
Очиқ elektr mainasi, maxsus himoya yo‘q. 
IP10,IP20 
Begona jismlar tegishi va tushishidan himoyalangan. 
IP11…IP43 
Suv tomchilaridan himoyalangan, begona jismlar tegishi va ichiga tushishidan 
himoyalangan 
IP44 – IP54 
Yopiq mashina, suv sachirashlaridan himoyalangan, begona jismlar tegishi va 
ichiga tushishidan himoyalangan 
IP55 – IP58 
Yopiq mashina, suv sepmalaridan va uzoq vaqt suv ta’sirida bo‘lganda 
suvning ichiga o‘tishidan himoyalangan 
Bulardan tashqari portlash havfi bo‘lgan sharoitlarda va atrof – muhitning maxsus sharoitlarida 
ishlaydigan mashinalar ishlab chiqariladi. 
Sovutish tizimi bo‘yicha dvigatellar tabiiy sovutishli, o‘zini o‘zi sovutuvchi va muqobil 
sovutish tizimli mashinalarga bo‘linadi. 
Dinamik rejimlarda (davriy xarakatli mashinalar, kuzatuvchi yuritmalar va b.) ishlaydigan 
эlektryuritmalar uchun rotorda kamaytirilagan inerцiya momentiga эga bo‘lgan dvigatelllarni 
tanlashga harakat qiladi. Bunday sharoitlar uchun kam inerцiyali эletrdvigatellar ishlab chiqiladi.
Krivoship – shatunli mexanizmlar uchun эsa oshirilgan inerцiya momentli эlektrdvigatellar ishlab 
chiqiladi.
Takrorli – qisqa vaqtli rejimda va noqulay foydalanish sharoitlarida ishlaydigan yuritmalar uchun 
maxsus konstrukцiyali dvigatellar ishlab chiqariadi – kran – metallurgiya xo‘jaligi dvigatellari. 
Эlektr yuritmaning nominal parametrlarini tanlashda эlektrodvigatel vali va ishchi 
mashinani birlashtiruvchi reduktor yoki boshqa uzatmaning uzatish soni qiymatini aniqlash 
masalasini hal qilishga to‘g‘ri keladi. Sinxron va asinxron dvigatellar katta aylanish tezligi bilan 
ishlab chiqariladi (sinxron dvigatelda odatda 3000, 1500, 1000, 750 va 600 ayl /min bo‘ladi). 
Aksariyat hollarda mashina ishchi organining tezligi ancha past bo‘lishi talab qilinadi. Aylanish 


tezligini kamaytirish va ishchi a’zo validagi momentni kuchaytirish uchun pasaytiruvchi 
uzatmalardan (reduktor) foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki эlektrdvigatelning massasi, tashqi o‘lchamlari uning nominal 
quvvati bo‘yicha эmas, balki nominal momenti bilan aniqlanadi 
M
n

𝑅
𝑛
𝜔
𝑛
=
30𝑅
𝑛
𝜋𝑛
𝑛
,
(15.1) 
Bu erda, 
𝑅
𝑛
– dvigatelning nominal quvvati, Vt, 
M
n
- dvigatelning nominal momenti, Nm, 
𝜔
𝑛
- dvigatelning nominal burchak tezligi 1/s, 
𝑛
𝑛
- dvigatelning nominal aylanish tezligi ayl/min. 
Эlektr dvigatelning nominal momenti эlektr mashina aktiv qismlari hajmiga va bu mashina 
uchun qabul qilingan эlektrik va эlektromagnit yuklamalar qiymatiga proporцional bo‘ladi. 
M
n
= k∙ D
2
∙L∙A∙B. 
Bu erda – D va L – dvigatel rotori–aktiv qismining diametri va uzunligi. 
A- chulg‘amdagi cheklangan tok zichligi, A/m
2
V – magnit o‘tkazgichdagi indukцiya, Tl. 
Taxminan aytish mumkinki, dvigatel aktiv qismi o‘lchamlari va og‘irligi uning nominal 
momentiga proporцional bo‘ladi. masalan 750 ayl/min aylanish tezligiga эga bo‘lgan asinxron 
dvigatel, shu quvvatli 3000 ayl/min tezlikni dvigatelga nisbatan 4 barobar katta va qimmat bo‘ladi. 
Shundan kelib chiqqan holda konstruktorda quyidagi tanlov muammosi bo‘ladi. 
- katta aylanish tezlikli, kichik xajmli ixcham dvigatelni reduktor bilan ishlatishmi? 
- yoki kichikaylanish tezlikli, kattaxajmli qo‘pol dvigatelni reduktorsiz to‘g‘ridan – to‘g‘ri 
ishlatishmi? 
Tanlov texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish va ishchi mashinani to‘liq holda 
to‘g‘ri joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Kichik va o‘rta quvvatli эlektr yuritmalar uchun (200 kVt gacha) odatda reduktorli 
yuritmalar qo‘llaniladi. Zamonaviy konstruktorlik echimlarida dvigatel va reduktor bita korpusda 
yig‘ilgan motor – reduktor ko‘rinishidagi yuritmalar xam keng ko‘lamda ishlatiladi. 
Эlektr dvigatelning quvvati asosan uchta shartga ko‘ra xisoblanadi: 
1. Dvigatelning qizishi berilgan himoya sinfi uchun cheklangan qiymatdan oshib ketmasligi 
kerak. 
2. Dvigatelning ortiqcha yuklanish qobiliyati etarli darajada bo‘lishi kerak va yurgizish va 
tormozlash kabi rejimlarda ishlaganda hosil bo‘ladigan maksimal momentlarni ko‘tara 
olishi kerak. 
3. Kata inreцiya momentli mexanizmlari bo‘lgan yuritmalarda yoki bir soat davomida ko‘p 
sonli o‘chirishlar bo‘lgan holatlarda rotorning qizishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. 
Dvigatelning cheklangan qiymatidan ortiqcha qizib ketishi himoya qatlamining эskirishiga va 
dvigatelning tez ishdan chiqishiga olib keladi. Dvigatel qizish xaroratining cheklangan qiymati 
dvigatel chulg‘amlari himoyasi sinfiga bog‘liq bo‘ladi (12.1 - jadval). 


Turli sinfli himoya qatlami uchun cheklangan qizish harorati va haroratning ortishi 
qiymatlari. 
Parametrlar 
Himoya sinfi 


G‘ 

Himoya materialining cheklangan qizish 
xarorati (ST –SЭV 782-77),С
0
120 
135 
155 
180 
Эlektr dvigatel chulg‘amlarining cheklangan 
qizish xarorati (GOST -183-74),S
0

120 
140 
165 
Xarorat ortishining cheklangan qiymati 
(GOST 183-74), С
0
75 
80 
100 
125 
Dvigatel qizib ketish xaroratini bizga ma’lum bo‘lgan yuklanish diagrammasi asosida 
hisoblash nihoyatda qiyin masala hisoblanadi. Aniqroq bo‘lgan usul dvigateldagi o‘rtacha 
эnergiya yo‘qotishlari usuli hisoblanadi (ΔR
sr
). bunda har qaysi yuklanish uchun dvigateldagi 
эnergiya yo‘qotishlari qiymati aniqlanadi, unlan keyin bir цikl uchun эnergiya yo‘qotishlarining 
o‘rtacha qiymati aniqlanadi. Bunday usul yo‘qotishlarni hisoblash murakkabligi uchun kam 
qo‘llaniladi. Shuning uchun amaliyotda dvigatel qizishining baxolashning boshqa usullaridan 
foydalaniladi. Эng ko‘p qo‘llaniladigan usul эkvivalent kattaliklar (tok, mment yoki quvvat) usuli 
hisoblanadi. 

Yüklə 423,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin