1. Xalqaro moliya tashkilotlariga tasie etuvchi omillar



Yüklə 7,13 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,13 Kb.
#203096
Moliya 1- slayd 2-kurs


Mavzu: Mintaqaviy va butun dunyoviy moliyaviy tashkilotlar
Moliya
Topshirdi: Haqnazarov Baxtiyor
Qabul qildi: Allanova Z
Reja
1. Xalqaro moliya tashkilotlari
2. Xalqaro moliya tashkilotlariga tasie etuvchi omillar
3. Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning vakolatlari
Reja
1
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyutakredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin.
Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
-xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
-jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
-jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.
Asosiy funksiyalar
1.Axborot funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha statistik materiallarni nashr etib boradi.
Asosiy Funksiyalari
2.Maslahatchi funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyutakredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar beradi.
3.Tartibga solish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov balansida muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan.
4.Bashorat qilish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi.
Vakolat va maqsadlari
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveysariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlements) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan tashqari, xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi.
Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 7,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin