ILDIZ o`simliklarning vegetativ organi bo`lib u quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1. Vegetativ ko`payishga hizmat qiladi.
2. O`simlikni tuproqqa biriktiradi.
3. Tuproqdan suv va unda erigan tuzlarni shimadi va o`simlikning yer ustki qismiga yetkazadi.
Ildiz novdadan farq qilib barg hosil qilish hususuyatiga ega emas.
Ildizning turlari
Ildizlar, odatda kelib chiqishiga ko`ra asosiy, yon va qo`shimcha ildizlarga bo`linadi.
ILDIZ
ASOSIY
YON
QO`SHIMCHA
Ildizning turlari
Asosiy ildiz murtakdagi
boshlang`ich ildizning bevosita
o`sishidan hosil bo`ladi.
Qo`shimcha ildizlar
barg va poyadan hosil bo`ladi.
Yon ildizlar asosiy va qo`shimcha
ildizdan hosil bo`ladi.
Ildiz tizimi (sistemasi)
Bir tup o`simlikdagi ildizlar yig`indisiga ildiz tizimi yoki ildiz sistemasi deyiladi. Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi o`simlik turiga, ildizning shoxlanishiga, qo`shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog`liq.
Ildiz tizimi tuzilishiga ko`ra o`q ildiz va popuk ildizga bo`linadi.
O`q ildiz tizimi
Murtakdagi boshlang`ich ildizlar o`sishda davom etsa, undan yon ildizlar o`sib chiqadi, natijada o`q ildiz tizimi hosil bo`ladi.
O`q ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi
rivojlangan bo`lib, undan yon ildizlar
o`sib chiqadi.
Bu ildiz ikki urug`pallali o`simliklarga
xos bo`lib, uni do`lana terak, saksovul,
na`matak, g`o`za, quvun, tarvuz, no`xat,
loviya va mosh kabilar misolida ko`rish
mumkin.
Popuk ildiz tizimi
Agar murtakdagi boshlang`ich ildiz o`sishda davom etmasa, u holda boshlang`ich poyadan qo`shimcha ildizlar o`sib chiqadi. Natijada popuk ildiz tizimi hosil bo`ladi.
Popuk ildiz tizimi mayda qo`shimcha va
yon ildizlardan tashkil topadi.
Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi.
Bunday ildizlar, asosan, bir urug`pallali
o`simliklarda uchraydi.
Masalan bug`doy, makkajo`xori, arpa
kabi o`simliklarda.
Xulosa!!!
ILDIZ TURLARI
ASOSIY ILDIZ
YON ILDIZ
QO`SHIMCHA ILDIZ
ILDIZ TIZIMLARI YOKI SISTEMALARI
O`Q ILDIZ
POPUK ILDIZ
BILIMINGIZNI SINAB KO`RING!
1. Ildiz yuksak o`simliklarning qanday organi hisoblanadi?
Vegetativ
Generativ
Yuksak o`simliklarda ildiz rivojlanmagan.
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!
2. Tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimib, o`simlikning yer ustki qismiga yetkazib beradigan organ bu …..?
Barg
Poya
Ildiz
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!
3. Ildizning novdadan farq qiluvchi belgisini ko`rsating.
Qo`shimcha ildiz hosil qilishi
Barg hosil qilmasligi
Oziq modda to`plashi.
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!
4. Ildizning turlarini (kelib chiqishiga ko`ra hillarini) ko`rsating.