1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə17/30
tarix11.04.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#96156
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
EET yakuniy

3.Elektron do’kon tushunchasi.
Form-xoster tizimlarda ma’lumotlar anlashinuvi hamda elektron do’kon tuzilish arxitukturasi va algoritmi.
Sayt tuzilishi – tashrif buyuruvchilarga zarur malumotlarni tez izlab topishlari uchun malumotlarni tizimlashtirishdir. Puxta o’ylab loyixalangan sayt arxitekturasi foydalanuvchilar qiziqtirgan malumotlarni topishga kam vaqt sarflashlariga kafolat beradi. Sayt arxitekturasini ishlab chiqishda internet bozorida maxsulotlar va xizmatlar aylanishi nuqtai nazarda muxim bo’lgan malumotlarni xisobga olish zarur. Yangi sayt strukturasini loyixalash jarayonida yoki mavjud resursning strukturasini mukammalllashtirish aynan bir malumotga diqqatni tortish va shu orqali potensial mijozlarni saytning muxim bo’limlariga murojaatlari bilan saytga tashrif buyurishlik darajasini oshirish mumkin.
Bu “Aloqa vositalari” elektron do’konining arxitekturasida ishlab chiqilishda quyidagi funksiyalar amalga oshishi ko’zda tutilgan:
- On-line do’konda sotiladigan tovarlar ma’lumotlar bazasi;
- On-line kataloglar, tovar kategoriyasiga qarab bo’lingan;
- Savdo aravachasi, sotib olish maqsadida foydalanuvchi uchun tovarlarni joylashtirish;
- Oxirgi hisob-kitob, to’lov va tovarni yetkazib berish bo’yicha oxirgi ishlar.
Biz tuzayotgan do’kon tizimi quyidagilarga javob berishi kerak.
- Foydalanuvchi brouzeriga ma’lumotlar bazasining bog’lanishi. Kategoriyalarga bo’lingan, kataloglarda tovarlarning joylashuvini foydalanuvchi ko’rib chiqish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak;
- Foydalanuvchi katalogdan tovar yo’nalishini tanlab, keyingi tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Foydalanuvchi tanlagan holatni ko’zdan kechirish mexanizmidan foydalanishi kerak;
- Harid tugatilganda umumiy buyurtma hisoblanishi kerak va yetkazib berish haqida taklif, to’lov sharti qayta ishlanishi kerak;
- “Aloqa vositalari” internet do’koni administrator interfeysi quriladi. Administrator saytda telefon va kategoriyalarni qo’shish va axborotlarni tahrir qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Saytning mijoz qismi maksimal qulaylikka ega bo’lishi va potensial mijozlar bilan individual ishlashni tashkil etishi lozim. Saxifalar tushunarli muloqotli oynalardan, qulay to’lov usuli va maxsulotni yetkazib berish imkoniyati bilan taminlanishi kerak. Tashrif buyuruvchilarning fikrini yoki ularda paydo bo’lgan savollarga javob berish uchun teskari aloqa o’rnatish xam muxim faktorlardan biri xisoblanadi. Xaridorlar maxsulotlar bilan tanishib bo’lgach ularni sotib olish uchun o’z savatiga solishlari kerak. Buning uchun ular oldin savatga ega bo’lish uchun qayd qilinishlari zarur. Savatni ochib ko’rish uchun o’z login va parollarini kiritishlari kerak bo’ladi. Maxsulotni o’z savatiga solish degani uni endi sotib olishga majbur degan emas. Agar xaridor fikridan qaytib bu maxsulotga extiyoji yo’qligini sezsa, uni o’z savatidan o’chirib tashlashi xam mumkin. Sotib olishga buyurtma berilgach buyurtma malumotlarini tasdiqlash saxifasi xaridorga taqdim etiladi.

7-Variant



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin