1. Umumiy ma’lumotlar. Yong’inni o’chirish moddalari va ularning xossalari. Yong’inga qarshi suv ta’minoti



Yüklə 39,55 Kb.
səhifə6/8
tarix24.05.2022
ölçüsü39,55 Kb.
#59354
1   2   3   4   5   6   7   8
Texnologik jarayonlarning yong’inga xavfsizligini baholash

N0=T0 S, (19.8.)


bu yerda S-ishlab chiqarish xonasining yuzi, m2; T0-1 m2 maydonga norma bo’yicha belgilangan o’t o’chirgichlar soni.
Bu ko’rsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, bug’xonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 ta, elektr payvandlash sexlari, temirchilik sexlari, labaratoriyalar uchun 50 m2 maydonga 2 ta qilib qabul qilinadi.
O’t o’chirish qurilmalari yong’inni boshlang’ich fazada to’liq bartaraf etish va yong’in bo’linmalari kelguncha yong’in tarqalishini cheklash maqsadida ishlatiladi. Ular stasionar, yarim stasionar va ko’chma bo’ladi. O’t o’chirgichlar turi va tarkibiga ko’ra suvli, bug’li, gazli (uglekislota), ayerozol (galoiduglevodorod), suyuqlikli va kukunli bo’ladi.
Bundan tashqari o’t o’chirishda AS-30(66), AS-40(131 ), AS-40(130 E) markali mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 markali motopompalardan ham keng foydalaniladi.
YOng’inni o’chirishda professional va kungilli o’t o’chirish jamiyatlari faoliyat ko’rsatadi. Professional yong’in muhofazasi harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan turlarga bo’linadi.
Tashkilotlar, korxonalar va tashkilotlarda yong’in muhofazasini tashkillashtirish va ob’ektlarning yong’inga qarshi holatini taminlash ushbu tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi. Ular har bir ishlab chiqarish bo’limi uchun buyruq bilan javobgar shaxsni belgilashlari va ularning ishini nazorat qilib borishlari zarur.
Korxona va tashkilotlarning ma’muriy-texnik xodimlari o’zlariga tegishli ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish davrida yong’inga qarshi barcha tadbirlarni to’liq amalga oshirilishini taminlashlari, yuqori yong’in muhofazasi tashkilotlarining ko’rsatmalari hamda qarorlarini bajarilishini nazorat qilib borishlari, yong’in-korovul muhofazasini, yong’in-texnik komissiyasini va kungilli o’t o’chiruvchilar drujinalarini tashkil etishlari, ularning ish faoliyatlarini doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
YOng’in-texnik komissiyasi tarkibiga bosh mutaxassislar, muhandis-quruvchilar, mehnat muhofazasi bo’yicha muhandis va kungilli o’t o’chirish drujinasining boshlig’i kiradi. Komissiya bino va inshootlardan foydalanishda yong’in muhofazasi qoidalariga amal qilinishini, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni, texnikalardan foydalanishdagi yong’in muhofaza holatini tekshirib boradi hamda zarur holda tegishli choralar ko’radi.

Yüklə 39,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin