1. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi Qo'y miya qurti


Serbar tasmasimon chuvalchang(



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə2/10
tarix28.12.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#201005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi Qo\'y miya qurti-fayllar.org

Serbar tasmasimon chuvalchang(Diphyllobothrium latum)ning rivojlanish bosqichlari:
Urug'donlar har bir bo'g'imda 700-800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo'lib, ikki bo'lakdan iboratdir. Yetilgan bo'g'imlardagi bachadonlar ham o'zining shoxlanishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. ,
Bachadon shoxlari uzun, har bir bo'g'imning markazida, ya'ni o'rtasida joylashgan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o'xshaydi.
Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo'jayin ishtirok etadi. Asosiy xo'jayini - odam, mushuk, it, tulki. ayiq va boshqalar. Biririchi oraliq xo'jayini suvda yashovchi may da qisqichbaqasimonlar (siklop va diaptomuslar) va ikkinchi oraliq xo'jayini (qo'shimcha xo'jayini ham deb ataladi) baliqlar (cho'rtan, okun, losos) hisoblanadi.
Bunda asosiy xo'jayinda yetilgan keng tasmasimon chuvalchangning luxumlari axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi. Oradau 3-5 hafta o'tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan koratsidiy chiqadi. Korasidiy sharsimon bo'lib, suvda kipriklari yordamida suzib yuradi. Koratsidiy laming kiprikli epiteliyasi ostida 6 ilmoqli onkosfera bo'ladi. Koratsidiylarni suvdagi qisqichbaqasimonlardan - sikloplar ozuqa sifatida yutib yuboradi.
Sikloplar ichida koratsidiylar kipriklarini yo'qotadi va onkosferalar ichak devorini teshib tana bo'shlig'iga o'tadi. Bu joy da onkosfera keyingi lichinkalik stadiyasi -protserkoidga aylanadi.
Protserkoidning bosh qismida 6 ilmoqli yumaloq, kichkina o'simta bo'ladi. Protserkoidning rivojlanishi 3 haflacha davom etadi. Keyinchalik bunday lichinkalar bilan zararlangan sikloplami cho'rtan, nalim va ba'zi losossimon baliqlar yutib yuboradi. Protserkoidlar baliq oshqozonioan muskullan, jigari va boshqa organlariga o'tadi va keyingi lichinkalik davri - plerotserkoidga aylanadi. Plerotserkoidning uzunligi 10-15 mm bo'lib, bosh qistnida so'rg'ichlar - botriylari aniq shakllangandir. Bu lichinkalik stadiya yuqumli hisoblanadi.
Odamlar xom va chala pishirilgan plerotserkoidli baliq go'shtini yoki ikrasini iste'mol qilganda, serbar tasmasimon chuvalchangni o'zlariga yuqtiradilar. Odam organizmida 21-36 kundan keyin plerotserkoiddan 8-15, ba'zan 20 m uzunlikdagi jinsiy voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchang yetishadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, bu parazitning rivojlanishida asosiy xo'jayin va ikkita oraliq xo'jayindan tashqari, ayrim hollarda, yana rezervuar xo'jayin ham ishtirok etishi mumkin. Sunday rezervuar xo'jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo'lib, ular plerotserkoid bilan zararlangan mayda baliqlarni yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlardagi plerotserkoid yirtqich baliqlar muskullariga va boshqa organlariga o'rnashadi va o'zining tiriklik holatini saqlab qoladi. Masalan, bitta cho'rtan baliqda 250 tagacha plerotserkoid uchraganligi aniqlangan. Bir sutkada kasallangan odam yoki hayvon ichagidagi parazit tashqi muhitga 2,1 mln. gacha tuxurn chiqaradi.
Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik difillobotrioz deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko'proq yashashi mumkin. Ular yirik bo'lganligi uchun juda ko'p ovqatni iste'mol qiladi. Bir odam ichagida 143 tagacha parazit uchraganligi ma'lum. Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh og'rishi, ish qobiliyatining pasayishi, ko'ngli behuzur bo'lishi, ich yurishining o'zgarishi kabi holatlar kuzatiladi.

Serbar tasmasimon chuvalchang daryo va ko'llar bo'yidagi aholisi ko'pincha baliq bilan oziqlanadigan hududlarda keng tarqalgan (masalan, Kareliyada, Sankt-Peterburg viloyatida, Boltiq bo'yida, Sibirda, Irtish, Ob, Lena, Yenisey, Amur, Pechora, Neva, Volga havzalarida, Baykal ko'li atrofida yashaydigan aholi va yirtqich hayvonlar ko'p zararlangan). Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari ko'riladi. Jumladan, kasallangan odamlarai davolash, suv havzalarining ifloslanishini oldini olish, zararlangan baliqlarni, ya'ni yaxshi tuzlanmagan va yangi muzlatilgan baliqlarni, ularning ikraiarini iste'mol qilmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasal va oshqovoq urug'i bilan davolanadi.




Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin