1. Сущность и значение основных средств. Основные фонды по их хозяйственному назначению


Asosiy ishlab chiqarish fondlarning iqtisodiу mohiyati vaahamiyati



Yüklə 43,84 Kb.
səhifə2/8
tarix08.06.2023
ölçüsü43,84 Kb.
#126832
1   2   3   4   5   6   7   8
вопросы

Asosiy ishlab chiqarish fondlarning iqtisodiу mohiyati vaahamiyati
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vаqt ishtirok etadi va o‘zining natural moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib boradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag’lar amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.



  1. Iqtisodiy maqsadiga ko‘ra asosiy fondlar.

Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish binolari (sexlaming ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar);

  • inshootlar (nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va h.k.);

  • har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar;

  • mashinalar va asbob-uskunalar (energiyani, suyuq va gazsimon moddalami ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari, generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);

  • ishchi mashinalar va uskunalar (dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskuna­lar);

  • o‘lchov va tartibga soluvchi asboblar (laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar);

  • transport vositalari;

  • foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan qiymatlardagi asbob va ishlab chiqarish inventarlari.




  1. Asosiy fondlarni baholash usullari qanday?

Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:

  • boshlang’ich qiymatga - asosiy vositalarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar, yetkazib berish, o‘rnatish kabi pul xarajatlarining jami kiradi. Dastlabki baho asosiy fondlarning foydalanishga topshirgan paytda hisobga olingan dastlabki muvozanat narxini ko‘rsatadi. Misol. Generator 150000 so‘mga sotib olindi. Uni korxonaga yetkazib berish uchun 10000 so‘m, o‘rnatish uchun 20000 so‘m sarflandi. Generatorlarnung dastlabki to‘la narxi - 180000 so‘mga teng.

150000 + 10000 + 20000 =180000 so‘m
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin