1. Soʻz tarkibini oʻrganishda leksik mashqlarni tashkil etish esse yozish


Soʻz tarkibini oʻrganishda orfografik mashqlarni tashkil etish Konsbeklashtirish



Yüklə 486,08 Kb.
səhifə2/8
tarix21.10.2023
ölçüsü486,08 Kb.
#159181
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Soʻz tarkibini oʻrganishda leksik mashqlarni tashkil etish es-fayllar.org

2 Soʻz tarkibini oʻrganishda orfografik mashqlarni tashkil etish Konsbeklashtirish
Orfografiya tilshunoslikning fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis kabi bo’limlariga bog’liq holda o’tiladi. Bunday bog’lanish bositasida ham fonetika, morfologiya, sintaksisdan o’zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi, ham orfografik malakalar hosil qilinadi.
Avvalo maktabda orfografiya o’qitish o’quvchilarga tog’ri talaffuz qilish me’yorlarini o’rgatish bilan bog’lab olib borilmog’i zarur. Ayrim so’z va qo’shimchalar bir xil talaffuz qilinadi-yu, boshqacha yoziladi (ketti-ketdi). O’qitish jarayonida bu masalaga jiddiy e’tibor berish kerak.
Ko’ruv ham orfografiya o’qitishda katta ahamiyatga egadir. Odatda, talaffuzi bilan yozilishi bir-biriga mos kelmaydigan so’zlarning imlosini o’rgatishda ko’ruv mashqlaridan foydalaniladi. Yoki talaffuzi bir-biriga mos, ammo yozilishi boshqa so’zlarni aniqlashda quyidagi ish turidan foydalanish mumkin.
Berilgan so’zlarning ma’nosini izohlang. Bunda imloning tutgan o’rnini tushuntiring.
Xush-hush, tuzsiz-tussiz, yod-yot, xo’p-xo’b, saf-sof, bot-bod, ham-xam, yog’di-yog’du, judo-juda, sa’va-sava v.h.
O’quvchilarga imloning fonetik yozuv, morfologik yozuv, shakliy yozuv qoidalariga amal qilishini amaliy mashqlar orqali tushuntiriladi. Morfologik yozuv o’quvchilarni savodli yozishga o’rgatishda, ayniqsa, yozilishi bilan aytilishi farq qiladigan so’zlarning imlosini tushuntirishda katta ahamiyatga egadir. Masalan, o’quvchilar ko’p hollarda o’qibsan, o’qibdi kabi fe’llarda shaxs-son qo’shimchalaridan avval kelgan –b undashi o’rniga talaffuzga qarab –p, -di o’rniga –ti yozadilar. Bunday hollarda o’qituvchi morfologik yozuvga asoslanib, b+di shakllarining qanday aytilishidan qati nazar, asliga muvofiq yozilishini ta’kidlaydi. So’z va qo’shimchalar qanday aytilsa, shunday yozilishini ta’minlaydigan fonetik yozuv qoidasini tushuntirishda ham ko’plab ijodiy-amaliy mashqlardan foydalanish mumkin.
Boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, o’sha shaklning saqlanishini taqozo etadigan shakliy yozuv qoidasini o’quvchilarga o’rgatishda quyidagi topshiriqni berish mumkin.
Quyidagi so’zlarning qaysi tillardan kirib kelganini aniqlang, ularning talaffuzi va imlosiga e’tibor bering. Fikr, zikr, taalluq, teatr, drama, trolleybus, zoologiya v.h.
O’quvchilarda mustahkam orfografik malakalarni hosil qilish muayyan bir tizimni va uzoq ishlashni talab qiladi. Orfografik mashg’ulotlarni uyushtirishda o’quvchilar imlo qoidalarini ongli bilishdan tashqari, bu bilimlarni malakaga aylantira olishlariga e’tibor berilishi kerak.
O’qituvchi har bir sinf uchun imlosi qiyin so’zlarning lug’at-orfografik minumimini tuzib chiqishi kerak. Bunday so’zlar soni sinflar bo’yicha, taxminan, quyidagicha: 5-sinf uchun 180 so’z; 6-sinf 170 so’z; 7-sinf uchun 150 so’z; 8-sinf uchun 140 so’z; 9-sinf uchun 140 so’z. Bu miqdor o’quvchilarning bilim darajasiga qarab ozaytirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin. O’quvchilarda orfografik malaka quyidagi tamoyillar asosida hosil qilinadi:
1) orfografiyani ongli o’qitish;
2) orfografiya o’qitishni o’quvchining umumiy rivojlanishi bilan, jumladan, nutq madaniyatini o’stirish bilan bog’lab olib borish;
3) yozma va og’zaki nutq mashg’ulotlarini bir-biriga moslab olib borish;
4) o’quvchilarning mustaqil ishlashi;
5) orfografik qoidalarni o’zlashtirishda qabul qilingan usullarning bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lishi.
O’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishda turli yozma ish turlaridan, nazorat va boshqa xil diktantlaridan foydalaniladi. Yozma ishlar uchun tanlangan matn mazmun jihatidan ham, o’tilayotgan orfogrammaga boyligi jihatidan ham talabga javob berishi lozim. Orfografik mashqlar imloni ongli o’zlashtirishni ta’min etishi, izchil bo’lishi, o’quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga mos bo’lishi kerak.
O’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, imloviy savodxonligini oshirishda diktantining ahamiyati katta.

Yüklə 486,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin