17
imtiyozlar soli
q yukini boshqa soliq to‘lovchilar zimmasiga o‘tkazib, ijtimoiy adolatsizlik ro‘y
berishiga olib keladi.
Soliq solishning boshqarishga qulaylik tamoyili.
Samarali soliq tizimiga qo‘yiladigan
muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bo‘lishidir. Soliqlarni
undirib olishda samaradorlikka
erishish ko‘p hollarda soliqlarning soliq to‘lovchilarga yaxshi tushunarli bo‘lishiga bog‘liq.
Ayrim mamlakatlarda soliq solishning nihoyatda murakkab tartibi amal qiladi, aytaylik,
shkala va stavkalar turi, soliqlar tarkibi,
ularni to‘lash qoidalari va tartiblari haddan tashqari ko‘p
bo‘ladi. Buning ustiga ular soliq tushumlarining ko‘payishiga hech qanday yordam bermaydi
hamda soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bajarilishida rol o‘ynamaydi.
Soliq solishning soliqlarn
i yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili.
Ushbu
tamoyil davlat va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan xarajatlarni
mumkin qadar kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliq solish tartibini
takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq
axborotlarining to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish usullarini qo‘llash orqali soliq to‘lovchilarning
xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliq solish
masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar tashkil etilgan.
Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi
xuddi shunday soliqlarning stavkalar
i bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos
xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart
-
sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol
respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil
sharoit yaratilsa, mamlakat budjetiga salbiy ta’sir qiladi.
Soliq solish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va
ularni hayotga
to‘liq tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi s
oliq solish majburiylik, aniqlik va soliq
organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik v
a soliq
to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: