1. shovqin va uning inson salomatligiga ta`siri


SHovqindan muxofazalanish yo`llari



Yüklə 28,67 Kb.
səhifə3/3
tarix08.01.2022
ölçüsü28,67 Kb.
#51089
1   2   3
3-amaliy mashg`ulot

3.SHovqindan muxofazalanish yo`llari.
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo‘lib, u birinchi navbatda shovqin manbasiga hamda shovqin darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Shovqinni inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo‘lganligi sababli, amalda kompleks usullardan foydalaniladi. Bunday kompleks usul o‘ziga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shovqinni, shovqin manbasida kamaytirish; shovqinni tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish; binolarga akustik ishlov berish; ishlab chiqarish binolari va uchastkalarining joylashishini ratsional rejalashtirish; shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish. Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, eyilgan detallarni o‘z vaqtida almashtirish va shu kabi yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Masalan, dumalash podshipniklarini ishqalanish podshipniklariga almashtirish shovqin darajasini 10…15 dB ga, to‘g‘ri tishli shesternyalarni shevronli shesternyalarga almashtirish – 10 …12 dB ga, zanjirli uzatmalar o‘rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish – 10…15 dB ga, tishli uzatmalarni yig‘ish sifatini oshirish – 5…10 dB ga kamaytirishga imkon beradi. Aholi yashaydigan joylarda shovqin darajasini kamaytirishning turli yullari mavjuddir: transport vositalarning xarakat paytida tezligini pasaytirish va uni nazorat kilish; ba'zi avtomobil turlariga aholi ko'p yashaydigan joylardagi magistral ko'chalarida xarakatini ta'kiklab kuyish; yashash binolarining tovush-izolyasiyasini yaxshilash; avtomobil dvigatellarining kismlarini mukammallashtirish.Temir yullari transportlari. Poezdlarning tezligini  oshirish natijasida  shovqin darajasini kutarishi qayd etilgan. Harakatlanayotgan elektropoezdlarning  maksimal shovqin darajasi  7,5 km masofada - 93 dBA tashkil etadi. Yulovchi tashish poezdlarning maksimal shovqin darajasi 91 dBA va yuk tashuvchi poezdlarning shovqin darajasi 92 dBA tashkil etadi. Agar elektropoezdning tezligi  35 km/soat bo'lsa uning shovqin darajasi 82 dBA tashkil etadi.Shaxar transportlarining ichida eng ko'p shovqin paydo kiluvchisi- tramvay hisoblanadi. Uning harakatdagi shovqin darajasi 10 dBA ko'pdir. Tramvayning dvigateli ishlab turganda, eshiklarining ochilishida, va tovush signallari berilganda  shovqin arajasi ko'tariladi.Bunday  shovqinlarning kamaytirish chora-tadbirlari ishlab chikilgan. Masalan,  tramvay kuzovlarida  pnevmatik podvekalar  qo'llanilmokda, amortizasiyani yaxshilash, dvigatellarning rotorlarini  balansirovka kilish, gildiraklarda elastik  elementlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Yüklə 28,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin