1-Seminar. Ishlab chiqarishda metrologiyaning о‘rni va ahamiyati



Yüklə 20,81 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü20,81 Kb.
#167255
  1   2   3
1 A


1-Seminar. ISHLAB CHIQARISHDA METROLOGIYANING О‘RNI VA AHAMIYATI


1.1. O‘lchashlar nazariyasi va texnikasining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


O‘lchash vositalari shunchalik rang-barang va har xil sohalarda ishlatiladiki, ular ishlatilmaydigan biror inson faoliyatini eslash juda qiyindir. SHunga qaramasdan, o‘lchashlar nazariyasi va texnikasining ijtimoiy ishlab chiqarishga ta’siri bo‘yicha uchta asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin:


1. Falsafiy nuqtai nazarda o‘lchash vositalari dunyoni bilish quroli deb tasavvur qilinadi;
2. Ilmiy nuqtai nazarda o‘lchash texnikasi tabiatni tekshirish amaliyoti va nazariyasi orasidagi bog‘lovchi vosita deb qaraladi;
3. Muxandislik- texnikasi nuqtai nazarida o‘lchash texnikasi texnologik jarayonlarni boshqarishning eng qulay vositasi deb tushuniladi.
O‘lchash vositalari ishlatiladigan barcha sohalarda ularga muayyan talablar qo‘yiladi. Masalan, ilmiy ishlarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalariga yuqori aniqlik, qishloq xo‘jaligidagilari uchun - murakkab ob-havo sharoitlarida ishlash qobiliyatlarining mavjudligi va yuqori ishonchliligi, tibbiyotdagilari uchun- mijoz a’zolarining tavsiflari va o‘lchanayotganda uning havfsizligi va boshqa talablar qo‘yiladi.
Hech qanday bo‘rttirmasdan aytish mumkinki, har qanday tajribaning asosida biror kattalikni o‘lchash yotadi. Bu nafaqat, avvaldan tajribaga asoslangan fizika, kimyo yoki boshqa fanlarga tegishli. Hattoki, nazariy fanlar malikasi riyoziyotda ham o‘lchashlar ishlatiladi. Bu xususda buyuk olim Dmitriy Mendeleevning quyidagi so‘zlarini eslatib o‘tish joiz bo‘ladi - «Har qanday fan o‘lchashlar bilan boshlanadi». Ma’lumki, o‘lchash-axborot vositalarining rivoji ilm-fan va texnikaning, jumladan sanoatning rivoji va yutuqlarini belgilaydi.
Ilmiy izlanishlarda fizikaviy kattaliklarni o‘lchash har xil hodisalarni tekshirishda ishlatiladi va bu natijalar keyinchalik texnikada, qishloq ho‘jaligida, tibbiyotda va boshka sohalarda qo‘llaniladi. SHuning uchun odatda ilmiy tekshirishlar uchun mo‘ljallangan asboblar prinsipial yangiliklari, tafovutlari bilan ajralib turadi.
Tajriba maqsadidan uning natijasigacha bo‘lgan yo‘l qanchalik qisqa bo‘lsa, bu natija shunchalik qimmatroq bo‘lib, atrofimizdagi dunyo qonuniyatlarini tezroq aniqlab, bizga, jamiyatga muayyan darajada ko‘prok foyda keltiradi. Ilmiy asboblar yaratishdagi tezkorlik va yangilik talablarining uyg‘unligi ilmiy izlanishlarda avtomatlashtirilgan usullardan va prinsiplardan foydalanish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Ilmiy ishlar avtomatlashtirilgan tizimlarining (IIAT) afzalliklari shundan iboratki, ulardan olinayotgan ma’lumot qayta ishlangan va umumlashtirilgan tajriba natijalari, hamda tekshirilayotgan hodisalarning matematik modelini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi.
IIATlarni yaratishdagi modul (ya’ni agregat) prinsipidagi qurilmalar uchun umumlashtirilgan o‘lchashlar hisoblash komplekslarining asosi hisoblanadi. Agregatlashtirish va umumlashtirish - ko‘p maqsadli o‘lchash o‘zgartkichlari va ular to‘plamidan talab qilingan funksional imkoniyat va tavsifli o‘lchash vositalarini tashkil qilish maqsadida foydalanishdan iboratdir. Asosan quyidagilar umumlashtiriladi: oraliq o‘zgartkichlar, o‘lchash axborotlarini qayta ishlagichlar va ko‘rsatkichlar, kuchaytirgichlar, berilgan qiymatlarni uzatuvchi qurilmalar, analog-raqamli o‘zgartkichlar, tutashtirish qurilmalari. Kerakli o‘lchash vositasini yig‘ish uchun umumlashtirilgan modullar xar xil tuzilishga ega bo‘lgan agregatlarga birlashtirilishi mumkin. Hozirgi paytda ilmiy ishlarda qo‘llanilayotgan har xil umumlashtirilgan tizimlar ishlab chiqilgan.
SHuni eslatib o‘tish joizki, umumlashtirilgan tizimlar o‘zlarining mutloq afzalliklari bilan birgalikda ba’zi bir kamchiliklarga ham ega. Bulardan birinchisi- umumiylikni yuzaga keltiruvchi har xil asboblarning ko‘pligi. Bu kamchilik geofizik, kosmik, okeanografik va boshqa tekshirishlar uchun dinamik o‘lchash tizimlarini tashkil etishda asosiy to‘siqlardan biridir, chunki bu asboblar ihchamlik, engillik, kam iste’mol quvvati, yuqori ishonchlilik kabi talablarga javob bermaydi.
Asboblarning ko‘pligidan tashqari, ilmiy asbobsozlikda o‘lchash axborotlarini idrok qiluvchi vositalar (birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari)ning noyob va nodir ekanligini ta’kidlab o‘tish kerak. Bunga sabab, yangi hodisalar va qonuniyatlarni tekshirishning modda ichki tuzilishiga yanada chuqurrok kirib borishga bog‘likligi bo‘lib, avval yasalgan va ishlatilayotgan o‘lchash axborotlarini idrok qiluvchi vositalar imkoniyatining cheklanganligidir. Bundan tashqari, ilmiy tekshirishlarda o‘lchash kerak bo‘ladigan fizikaviy kattaliklar miqyosi sanoat, qishloq ho‘jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda uchraydiganlariga nisbatan ancha kengdir.

Yüklə 20,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin