1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Mikroiqtisodiyotning ahamiyati


 Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#164930
1   2   3   4
1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Mikroiqtiso

1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xo`jaliklarining qarorlarini va ularning
maxsus bozorlardagi o`zaro aloqalarini, firma va uy xo`jaliklarining iqtisodiy
qaror qabul qilishi va ularning bozordagi o`zaro aloqalarini, raqobat va
ishchilar daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga
ta’sir
qilishini ham
o`rganadi.
Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham
bog’liqdir
,
chunki, butun dunyoda sodir bo`layotgan iqtisodiy o`zgarishlar o`sha
alohida individual
sub’ektlarning
iqtisodiy munosabatlarining mahsulidir.
Makroiqtisodiy
o`sishni
mikrodarajadagi
munosabatlarning
uyg’unlashuvisiz
tasavvur
qilish
qiyin.
Misol
qilib
olsak,
makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan olinadigan
daromad
solig’ining ta’sirini
o`rganishlari uchun, ular har bir xo`jalik
yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga bo`lgan salohiyatini
bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador
bo`lib o`xshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli
savollarga javob bo`ladi, har bir fanning o`zini alohida usullari mavjud
bo`lib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir biridan ajralgan holda o`rganiladi.


Mikroiqtisodiy 
nazariyaning ikki 
ko`rinishi o`zaro 
farqlanadi:
a) pozitiv 
mikroiqtisodiyot;
b) normativ 
mikroiqtisodiyot.


Pozitiv
mikroiqtisodiyot
real
iqtisodiy
hodisalarni
va
ularning
aloqadorliklarini o`rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni
tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo`lishi kerak, degan
savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota
belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning
narxi, ularning miqdori va sotilishida nima o`zgaradi? Bu avtomobillardan
foydalanuvchilarga va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir
etadi, degan savollar paydo bo`ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga
kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy o`rin egallaydi.
Normativ
mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar
yoki jihatlar maqbul yoki
nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi.
Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U
siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin solig’i
maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi.
Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan
soliq optimal miqdori qanday bo`ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil
ko`pincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan to`ldiriladi. Masalan,
benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qo`yilgan boj bilan taqqoslab
shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft solig’ini boshqarish yengil bo`lsa-
da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko`proq ta’sir o`tkazishi mumkin.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin