1. Quvnoq startlar musobaqasini tashkil qilish. Milliy va harakatli o’yinlar fanining maqsadi va vazifasi



Yüklə 33,59 Kb.
səhifə5/7
tarix30.09.2023
ölçüsü33,59 Kb.
#150782
1   2   3   4   5   6   7
1. Quvnoq startlar musobaqasini tashkil qilish. Milliy va haraka (2)

ALISHER NAVOIY
O‘zbek adabiy tilining asoschisi, tengi yo‘q mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, atoqli davlat arbobi Alisher Navoiyning (1441-1501) bir qancha she’riy to‘plamlari, dostonlari, nasriy asarlari va ilmiy risolalaridan iborat bo‘lgan boy madaniy merosi hanuzgacha fan olamida quyoshday nur sochib, qalblarimizga ma’naviy yorug‘lik, ma’rifiy oydinlik olib kirmoqda.
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, uning „Xamsa“, „Lison ut-tayr“, „Mahbub ul-qulub“ va boshqa qator asarlarida xalq o‘yinlariga mehr bilan qarashi, ularga birma-bir ta’rif - tavsif berilishi, ularing qo‘llanilishiga qarab, maxsus atamalar va iboralarning ishlatilishidir. Ayniqsa, uning kishi sog‘lig‘ini asrash va mustahkamlash uchun jismoniy madaniyat, badantarbiya, xalq o‘yin-lari nechog‘liq zarur ekanligi haqida pand-u nasihatlari tahsinga loyiq.
Milliy xalq o‘yinlarining vujudga kelishi hamda taraqqiy etishi o‘sha davrlarda kishilarning kuchli, chidamli, chaqqon va shijoatli bo‘lishi zamon talabi bo‘lib kelgan. Milliy xalq o‘yinlari asrlar o‘tishi bilan murakkablashib, maxsus sport turiga aylangan. Qadim zamondan piyoda yurish, yugurish, tiyrandozlik, chavandozlik, qilichbozlik, kurash kabi milliy o‘yinlar juda ko‘pchilik podshohlarni, xususan, lashkarboshilar e’tiborini jalb etgan. Alisher Navoiyning ko‘pgina lirik va epik asarlarida qator xalq o‘yinlari va musobaqa turlari atamalarining tashbeh bo‘lib kelishi yoki o‘yin turlarining tavsifi, shu o‘yin turi bilan bog‘liq lavhalar, bahslashuvchilarning qiyofasi, siyrati aniq-tiniq bayon etilgan. Navoiy kuch sinashish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yin turlariga „zo‘ri“ atamasini qo‘llagan. Masalan, Farhod bolaligidan harbiy mashqlarning hammasi bilan qiziqqan va shug‘ullangan. Farhod ma’naviy bilimlar „ulum“ni egallab, o‘qib, o‘rganib bo‘lgandan so‘ng dilovarlik san’atlarini yuqori darajada egallashga intilgan.
Ulum avroqi chun bir-bir yopildi,
Dilovarlig‘ siloxi mayli qildi.
Farhod nishonga aniq tekkizish, ya’ni tiyrandozlik, nayzabozlik, qalqon-bozlik kabi mashq turlarida hammani hayratga solgan. Navoiy undagi shiddat-korlik, kuchlilik, aniq mo‘ljalga olish, harbiy qurol-aslahalarni ishlatishdagi tadbirkorlik va epchillik xususiyatlarini ajoyib mubolag‘alar bilan ifodalagan:
Olib qavsi kuzax chekmakka kullob,
Turub mashriq, etib mag‘ribga partob.
Qora tun gar nishon aylab Suxoni,
Falakcha novakiga ul nishoni.
Debon turki falak otkonda zixlar,
Tavaxxum toridan ochib girixlar.
Qilichi zarbasi olinda har marz,
Shichof andoqki suvdin yer aro darz.
Qilib gar hamla Alburuz uzfa bir gurz,
Bo ‘lib gard-u chiqib gardunga Alburz...
Lekin, Farhod shuncha katta quvvat „zo‘ri beandaza“ga, mahoratga ega bo‘la turib, bunday musobaqalarda o‘zini g‘oyat odobli va bosiq tutgan, kuchsizlar, yengilganlar oldida maqtanmagan. Navoiy uning bu kamtarligini endi qo‘liga kitob olib, aliifbo „abjad“ o‘qiy boshlagan bolaning holatiga qiyoslagan:
Xamul ilmi baland ovozi birla,
Bu yanglig ‘ zo ‘ri beandaza birla
O‘zin abjad ukur eldin tutub kam,
Dema donishki, zo‘ri dast ila ham.
Binobarin, Navoiy milliy jismoniy mashq turlarini targ‘ib etish bilan birga, shug‘ullanuvchilarning axloqiy tarbiyasiga ham katta e’tibor bergan. U „Saddi Iskandariy“ dostonining bosh qahramoni yoshligida tinmay ot ustida yurib, yayov chopib mashqlar qilganini ta’kidlaydi:
Gahi maqrab uzra silaxshur edi,
Yayoglikda gax varzishi zo ‘r edi.
Qadim zamonlarda, jang boshlanmasdan oldin har ikki dushman qo‘shinlarining raqib pahlavonlari yakkama-yakka olishardilar va aksari hollarda, jangning oqibati ana shu olishuvlarning natijalariga bog‘liq bo‘lardi. Dostonda ana shunday olishuvlarga ham ta’rif berilgan:
Yurub xasm xaylining o ‘trusiga,
Munung ul ham andoqki qarshusiga.
Bir-biriga maydonda chirmashtilar,
Base bir-biridan, oshtilar.
Bu yanglig‘ tukuz pahlavoni daler,
Ki har bir edi ish chog‘i narra sher.
Bori Barbariyga asir o‘ldilar,
Sinon zaxmidin dastgir o‘ldilar.
Navoiyning „Chobukikim, har taraf maydon aro aylar shitob...“ deb boshlangan g‘azalida xalqning azaliy „qovoq“ o‘yini ta’riflangan. Osmonga otilgan yoki baland joyga osib qo‘yilgan qovoqni kamondan mo‘ljalga olib, o‘q uzganlar. Bu o‘yin chamalash, masofadan turib aniq nishonga olish kabi xislatlarning tarbiyalanishiga yordam bergan. Kimning o‘qi qovoqqa tegib, uni teshsa, yo unga sanchilsa, o‘q uzgan yigit g‘olib hisoblangan. G‘azal mulkining sultoni bu g‘azalida nishonga olish mahorati o‘tkir yigitlarni maqtab, ularning merganligiga osmondagi quyosh ham qoyil qolib, o‘zini o‘sha qovoq o‘rniga qo‘yishga tayyor deydi:
Nagohon otkaymu deb bir o‘q qovoq shakli bila,
Bosh ustiga kelur maydonda har kun oftob.
Alisher Navoiy asarlarida qadimiy milliy o‘yin turlaridan biri shatranj eng ko‘p tilga olinadi. Shoir o‘zining „Lisonut-tayr“ dostonida shatranj o‘yini, uning qoidalari haqida ajoyib bir hikoya keltirgan: „Shatranj o‘ynaguchi ikki ustod shatranj taxtasini ochib, ikki tomonga o‘tiradi va o‘rtaga shatranji kabir katta shatranj donalarini to‘kishdi. Har tarafdan bir shoh taxtaga terildi, ularning rosmana shohlarga o‘xshash xizmatkorlari, lashkarlari bor edi. Har birining to‘g‘ri yuruvchi vaziri bo‘lib, yana bittadan egri yuruvchi farzinlari ham bor edi.
O‘rtada ajoyib, qiziq o‘yinlar namoyon bo‘lmoqda, balki behad hiyla va tadbirlar ko‘rsatilmoqda edi. Bunda pahlavonlar va qo‘mondonlar ham bir-birlariga hujum qilishardi. Bu holat go‘yo ikki qahramon shohning qo‘shin tortib, bir-biriga qarshi urush olib borayotganiga o‘xshash edi.
Buncha qo‘shin va dabdaba, qal’a maydon va ot choptirib, javlon urishlar, chekinib qochishlar, ham o‘ng qanotda, ham chap qanotda, ham qo‘shinning ilg‘or qismida ana shu xil g‘avg‘o-to‘polonlar bilan jang bo‘lmoqda edi.
Shunchalik bunyodkorlik, maydon, o‘zaro dushmanlik qilish va urush olib borishlar hamma-hammasi, agar o‘yinchi donalarni yig‘ishtirishga ahd qilsa va shatranj taxtasining bir chetini ko‘tarsa, bularning barchasi o‘rtadan ko‘tarilib, yo‘qqa chiqadi!“ U butun insoniyatni o‘ziga tortgan bu o‘yindan xulosa chiqarib, bu taxtadagi dushmanlik bo‘lib, tomonlar o‘yin tamom bo‘lgandan so‘ng, o‘z dushmanliklarini butunlay unutadilar, deydi:
Asrning bir go ‘shasin bot, yo‘qki, kech,
Tortibon buzgoch, bu majmu uldi hech.
Ne qolur ul ramz ila kindin asar,
Ne xamul tartib-u oyidin asar.
Navoiyning o‘zi ham shatranj o‘yiniga juda qiziqqan va yaxshi o‘ynagan.
Ulug‘ shoirning teran fikrlari, umumbashariy g‘oyalarini o‘rganish va ularni hayotga tatbiq qilish hamisha zarurat bo‘lib kelgan. Shu ma’noda uning qalb durdonalari xalq jismoniy madaniyati sohasini boyitish uchun ham to‘la-to‘kis xizmat qilmoqda.
Shunday qilib, daho mutafakkir Ahsher Navoiy xalq jismoniy madaniyati turlarining benazir bilimdoni ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ayniqsa, uning badantarbiyani „ilmi badan“ yoki „badan ilmi“, yoxud „ko‘ngil tarbiyasi“, milliy sport turlarini ifodalash uchun „zo‘ri“, „dilovarlig‘“, „guy“, „silaxshurlik“ atamalarini qo‘llashi jismoniy tarbiya fani uchun ochilgan yorqin bir sahifadir. Jumladan, u „shatranj“, „tiyrandozlik“, „chavandozlik“, „nayzabozlik“, „chav-gon“, „qovoq“, „kurash“, „qilichbozlik“ kabi qadimiy xalq o‘yinlarini o‘zining lirik va epik asarlarida yuksak mahorat bilan tasvirlaydi.



Yüklə 33,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin