1. Oʼzbekistonning bozor munosabatlariga oʼtish yoʼli Respublika iqtisodiyotini isloh qilish tamoyillari


Respublika iqtisodiyotini isloh qilish tamoyillari



Yüklə 18,39 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2022
ölçüsü18,39 Kb.
#71265
1   2
9 mavzu

2. Respublika iqtisodiyotini isloh qilish tamoyillari

2.Oʼzbekistonda iqtisodiyni bozor munosabatlariga utkazishda ikki bosqichli rivojlanish yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xoʼjaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiytizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiy tulik erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin kuyib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavkei tugatiladi. Lekin bundan Respublikada iqtisodiyislohotlarni amalga oshirish maqsadiga tulik erishildi va bu sohada kuyilgan vazifalar tulik bajarildi degan xulosa kelib chikmaydi. Chunki bozor iqtisodiyiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, Fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qoʼyadi.


Oʼzbekistonning davlat mustaqilligini kulga kiritganligi va u halqaro mikyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon respublika mustaqil ichki va tashki siyosatini olib boradi, xech kimning vositachiligisiz oʼzaro manfaatli munosabatlarni urnatadi.
Yuqorida kayd etib oʼtilganidek, butun islohqilish jarayonining boshlangich nuktasi strategiyani tanlab olishdan iboratdir. Iqtisodiyoʼzgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish xozirgi islohqilish strategiyasining boshlangich nuktasi boʼlib xizmat qiladi.
Strategiya va uning pirovard maqsadini belgilar ekan, Prezident: “Bunda biz markazlashtirilgan, maʼmuriy-buyrukbozlikka asoslangan iqtisodiydan bozor iqtisodiyiga oʼtish - eski xoʼjalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga oʼtishekanligini kaita-kaita taʼkidladik. Bu bir iqtisodiymunosabatlar va tashkiliy- boshqaruvtuzilmalarining boshqa iqtisodiymunosabatlar va tashkiliy-boshqaruvtuzilmalari bilan almashinuvidir”2, - deb eslatib utdi. Аyni vaqtda, u: “Biz tanlab olgan yoʼl ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyini shakllantirishga qaratilgandir. Bu yoʼljahon tajribasini, shuningdek, halqimizning turmush sharoitini, anʼanalarini, urf-odatlarini, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga asoslangandir”, - deb taʼkidlaydi.
Shunday kilib, Respublikada iqtisodiyislohotlarni amalga oshirish iqtisodiyda yangi bozor munosabatlariga asos soladi, iqtisodiyfaoliyat erkinligiva tadbirkorlikni namoyon etish uchun sharoit yaratib beradi, ijtimoiy-maʼnaviy sohadagi ijtimoiy kafolatlarni mustahkamlaydi.
Iqtisodiymunosabatlar va tashkiliy - boshqaruvtuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga oʼtish, iqtisodiyislohotlar strategiyasini ishlab chikish va uning asosiy yoʼnalishlarini aniqlab olishni taqozoqiladi. iqtisodiyislohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiyislohotlardan koʼzda toʼtilganmaqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning maʼnaviy-axlokiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlashdan iborat.
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyiga oʼtishning nazariy modeli yaratildi.
Bu modelda yangi iqtisodiyga oʼtishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yoʼnalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiyislohotlarni amalga oshirishning asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni islohqilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqa rish tizimini islohqilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashki iqtisodiyaloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiyislohotlarni amalga oshirishning bu asosiy yoʼnalishlari I.А.Karimovning «Oʼzbekistaniqtisodiyislohotlarni chuqurlashtirish yoʼlida» kitobida bayon kilib berilgan.
Iqtisodiyislohotlarni amalga oshirishning boshlangich nuktasi bozor iqtisodiyining xuqukiy negizini yaratishdan iborat boʼladi.
Iqtisodiyislohotlarning bosh bugini mulkchilik munosabatlarini tubdan oʼzgartirishdir, chunki shu orqali koʼp ukladli iqtisodiy va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyiga oʼtishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli Respublikada mulkiy munosabatlarni islohqilishdan koʼzda toʼtilganmaqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga koʼp ukladli iqtisodiyni real shakllantirishdan iborat.
Respublikada iqtisodiyislohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayok qishloqxoʼjaligini islohqilishga. ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab buldi. Birinchidan, Respublikamiz iqtisodiyida agrar soha ustunlikka ega, aholining koʼpchiligi qishloqxoʼjaligida band, iqtisodiyoʼsishkoʼpjihatdan shu tarmoq axvoliga bogʼlik. Ikkinchidan, Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga yakinini tashkil qiladigan sanoatning koʼpgina tarmoqlarini (paxta tozalash, tukimachilik, yengil, ozik-ovkat, kimyo sanoati, qishloqxoʼjalik mashinasozligi va boshqa lar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloqxoʼjaligiga bogʼlik.
Uchinchidan, qishloqxoʼjalik mahsulotlari (asosan paxta) xozirgi vatstda valyuta resurslari, respublika uchun zarur boʼlganoziq-ovqatmahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni taʼminlayotgan asosiy manbadir.
Toʼrtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloqxoʼjaligining oziq-ovqat muammosini xal etishdagi roli ortib boradi.
Mavjud iqtisodiytizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga oʼsiboʼtishida moliya-kredit sohasini islohqilishalohida urin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti tantsisligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqichqisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat extiyojlari uchungina byudjetdan mablagʼ ajratish, xalqxoʼjaligini rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy yoʼnalishlari hisoblanadi.
Kredit sohasidagi islohotlar bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasi uchun javobgarligini oshirishga qaratiladi. Shu maqsadda Respublikada Markaziy bank hamda keng tarmoqli tijorat va xususiy banklardan iborat ikki bosqichli bank tizimi vujudga keltirildi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos boʼlgan vazifalar yuklatildi. Ixtisoslashgan aktsiyadorlik - tijorat banklari «Galla bank», «Tadbirkor bank», «Savdogar bank», «Paxta bank» va boshqa banklar) shakllantirildi.
Iqtisodiyislohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimini yaratishni talab qiladi. Shunga asosan respublikada butun xalqxoʼjaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng matsbul va xozirgi davrga mos boʼlgantuzilmalari ishlab chiqildi.
Koʼplab markaziy iqtisodiyorganlar va vazirliklar tugatildi (Davlat reja qoʼmitasi, Davlat taʼminot qoʼmitasi, Davlat narxlar qoʼmitasi, Davlat agrosanoat qoʼmitasi va boshqaqoʼmitahamda vazirliklar) yoki ularning faoliyati tubdan qaytaqurildi. Faoliyati tugatilgan maʼmuriy apparatlar oʼrniga bozor iqtisodiyiga xos yangi boshqarish buginlari toʼzildi.
Koʼp ukladli iqtisodiyni shakllantirish, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chitsish kabi vazifalarni bajarish uchun Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash davlat qoʼmitasi toʼzildi.
TashqiIqtisodiyaloqalarni boshqarish va shu soha korxonalari faoliyatini muvofitslashtirib turish uchun TashqiIqtisodiyaloqalar vazirligi toʼzildi.
Respublika iqtisodiyining tarmoqlari va ayrim sohalarini boshqarish tizimida xam chuqur tarkibiy oʼzgarishlar ruy berdi. Tarmoq vazirliklari uyushmalarga, kontsernlarga, korporatsiyalar, uyushmalar va boshqaxoʼjalik birlashmalariga aylantirish bilan batamom tugatildi. Transport, turizm, madaniyat.kinolashtirish kabi faoliyat sohalarida milliy kompaniyalar toʼzildi.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya - boshqaruv vazifalarini bajarish uchun xokimlik joriy silindi. Kuyi bugin boshqaruvida korxona va tashkilotlarga Iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish uslubiga utdi.
Islohqilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyiga utib borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini xam samrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sugʼurta, auditorlik,yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo kilinadi.
Bozor islohotlari tashki iqtisodiyaloqalarga xam tegishlidir. Bu sohada islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashki iqtisodiykompleksi mutloqo yangidan shakllantirildi, tashki iqtisodiyfaoliyatni boshqa rishning moxiyat eʼtibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi.
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini urnatish va ularning bir maromda amal qilishga. xizmat kursatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʼjaligi, transport, aloqa xizmatlari kursatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat kiluvchi muassasalar (birjalar, auktsionlar, savdo uylari, savdo-sotik idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat kiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʼurta va moliya kompaniyalari, solik idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat kursatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Аxborot xizmati idoralari xam bozor infratuzilmasining alohida buginini tashkil kilib, ularga maʼlumotlarni tuplash, umumlashtirish va sotish bilan shugullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo- sotik, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga kumaklashadi, davlatning iqtisodiyni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʼrtasida aloqa urnatishga yordam beradi. Ularning bir kismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqa lari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʼlib, kursatgan xizmatlari uchun xak oladi.
Yüklə 18,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin