1. Oʻzbekistonda turizmni rivojlanishi. Turizmni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni



Yüklə 107,76 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü107,76 Kb.
#167294
1   2   3   4   5   6
2 5323397953761589347

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son "Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatda vazirliklar va idoralarga turistlar va sayohatchilarni joylashtirish uchun zamonaviy mehmonxonalar va maskanlarning qurilishi sohasida respublikaga xorijiy investitsiyalarni etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha turizm sanoatini jadal rivojlantirish uchun ko‘rilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 828-son "Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatda Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan ko‘plab mehmonlar – chet ellik turistlar va sayyohatchilarni qabul qilish hamda yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun samarali foydalanish imkoniyatini yaratadigan qo‘shimcha chora-tadbirlar ro‘yxati tasdiqlangan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-avgustdagi PF-5781-son "O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni e'lon qilindi. Ushbu hujjatda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan turistik xizmatlar sifatini yaxshilash, turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, milliy turistik mahsulotlarni chet elda faol targ‘ib qilish va respublikaga kelayotgan xorijiy sayyohlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar belgilangan.
O'zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda O'zbekistondagi siyosiy barqarorlik, tinchlik-totuvlik muhim ahamiyaga ega bo'lmoqda. Jahon iqtisodiyoti tajribalaridan ma'lumki, xalqaro turizm sohasi mamlakat budjeti uchun zarur bo'lgan valyuta tushumini ta'minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan birgalikda, aholining turmush darajasini ko'tarish uchun xizmat qiladi. Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo'shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi.
Toshkent shahrida "Ipak yo'lida turizm" nomi bilan birinchi marotaba Xalqaro turistik yarmarka o'tkazildi. Xalqaro turizm dunyoning boshqa mamlakatlari singari O'zbekistan iqtisodiyoti uchun ham muhim soha hisoblanadi. O'zbekistonga kiruvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo'nalishi bo'yicha sayohat qiladilar. Xalqaro turizm ko'rgazmasi 2016 bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada jami 855 ta kompaniyalar va 43 ta davlatdan kelgan 65 ta xorijly kompaniyalar ham o'z xizmat turlari bilan ishtirok etdi.

Yüklə 107,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin