-159-
Insonning tabiati o‘zligini anglashga, o‘tmishini
bilishga qiziqishiga moyil
bo‘ladi. Mustaqillik bizning mamlakatimizda ana shu jarayonni yanada kuchaytirdi.
Biz bugungi murakkab davr oldimizga qo‘ygan ko‘pgina dolzarb muammolarga
javob topish uchun, tarixning yashirin ma’no-mohiyatini chuqurroq anglash uchun
o‘tmishga murojaat qilamiz.
Bizning o‘tmishimiz
juda boy, o‘rganilmagan sahifalar esa ko‘p.
O‘rganilganlari esa sho‘ro mafkurasi davrida soxtalashtirildi. Shuning uchun
mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab biz o‘tmish madaniy-ma’naviy va
tarixiy merosimizga munosabatga alohida e’tibor qildik. Chunki xalqimizning sho‘ro
davrida unutilgan, toptalgan milliy g‘ururini, ongini yuksaltirish uchun tariximizni
tiklash lozim.
O‘tmishimizda shunday shaxslar borki, ularning hayoti, faoliyati tariximizning
shonli sahifalarini tashkil etadi. Sohibqiron Amir Temur
ham ana shunday daholardan
biridir. Xalqimiz tarixida, nafaqat turkiy xalqlar balki jahon xalqlari taqdirida
munosib iz qoldirgan Amir Temurning O‘rta Osiyo xalqlarini,
qolaversa, o‘nlab
boshqa xalqlarni mo‘g‘ul istibdodidan ozod qilish borasidagi faoliyatining o‘zigina
uning tarixda o‘chmas nom qoldirish uchun yetarlidir. Ulug‘ bobomiz tuzgan saltanat
esa davlatchiligimizning muhim bosqichi edi.
Sohibqiron Amir Temur ayni paytda ilm-fan va madaniyat, adabiyot va san’at
homiysi, shaharsozlik ilmining ustasi, siyosat va hayotga nisbatan mushohada doirasi
keng bo‘lgan sinchkov va qiziquvchan suhbatdosh sifatida ham tarixda chuqur iz
qoldirgan. Shuning uchun ham buyuk ajdodimizning ilm-fan va madaniyat homiysi
sifatidagi faoliyatini chuqurroq o‘rganish davr talabidir.
Chingiziylar davrida ta’qib-u siquvlar, siyosiy ostin-ustunliklar natijasida ilm-
fan ahli davlatni tark etishga o‘zga yurtlarda jon saqlashga majbur bo‘lganlar.
Sohibqiron qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo‘shib olgan bo‘lsa, o‘sha yerdagi
olimlar, sayyidlar, mashoyixlar va ulamo-yu fuzalo hurmatini joyiga qo‘yib
ularga
suyurg‘ol va lavozimlar berib, maosh belgilagan. Temur zabt etilgan mamlakatlardan
-160-
olimu fuzalolarni, elga tanilgan ilohiyotchilarni, san’at namoyondalari,
kasb-hunar
egalarini Samarqandga o‘zi bilan birga olib kelishga harakat qilgan.
Sohibqiron Temur davrida shunday olimlardan Sayyid Sharif Sheroziy kabi
ulug‘ tabiblar, Mavlono Ahmad kabi munajjimlar, Shayx
Saidali Hamadoniy kabi
faylasuflar, Lutfullo Nishopuriy kabi shoirlar, Kamoliddin Isfaxoniy kabi
qasidanavislar, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan faylasufi, fiqhshunos Sa’diddin bin
Umar Taftazoniy,
tarixchi olim Ibn Arabshoh, taniqli musiqashunos va olim
Abduqodir Ibn G‘aybiy va boshqalar Samarqandda samarali ijod qilib,
Movarounnahrning ilm-fan taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Temur bu olimlarning ijod qilishi uchun yetarli sharoit yaratib bergan, ularga
homiylik qilgan.
Hofizu Abru o‘zining “Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy”
asarida Amir
Temurning ilm-fanga munosabati haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi.
Dostları ilə paylaş: