-29-
qabul qilishni uyushtirish, tushgan arzlar, shikoyat va takliflarni oliy hukmdorga
yetkazib turish vazifasi yuklatilgan.
Dargohda adolat amiri lavozimi mavjud bo‘lib, u o‘lka va shaharlarda sipoh va
raiyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida oliy hukmdorga hisobot bergan.
Dargohda tavochi lavozimi ham bo‘lib, tavochi oliy farmonga muvofiq,
joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘ullangan. Dargohda
bosh hojib, hojiblar, rasmiy
tadbirlar boshqaruvchisi, xazinador, xonsolar, jibochi,
qushchi, qushbegi, kotiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, tabiblar kabi bir qancha
xizmatlar bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur davlatini vazirliklar asosida boshqargan. Amir Temur
“Tuzuklari”da vazir tutish tartibi bo‘yicha shunday deb yozgan: “
...vazirlar ushbu
to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishlari lozim: birinchisi – asillik, toza
nasllilik; ikkinchisi – aql-farosatlilik; uchinchisi – sipohu raiyat ahvolidan
xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lishlik; to‘rtinchisi – sabr-
chidamlilik va tinchliksevarlik
[4, 74-75]”.
“Tuzuklar”da Amir Temur davlatini yetti vazir boshqargani haqida gap boradi.
1. Mamlakat va raiyat vaziri. Bu vazir mamlakatning muhim ishlarini, kundalik
muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq-o‘lponlar, ularni
taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mamlakatning obodonligi
va aholi farovonligini
ma’lum qilib turgan; 2. Sipoh bo‘yicha vazir. Sipohiylarning maoshlari va tanholarini
boshqargan, parokandalikka tushib qolmaslik uchun sipoh ahvolidan hukmdorga
xabar berib turgan; 3. Egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochib ketganlarga tegishli
molk-mulkni boshqargan, zakot va bojlarni to‘plagan; 4. Sarkori xosa, saltanat
ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan
sarf qilinadigan xarajatlardan ogoh bo‘lgan; 5, 6, 7. Sarhadlar va tobe mamlakatlarga
tegishli ishlarni boshqaruvchi uch vazirdan iborat hay’at[5,303].
“Tuzuklar”da ta’kidlanganidek, Amir Temur o‘z vazirlariga nisbatan juda ham
mehribon bo‘lgan.
Shuningdek, ularni ortiqcha siylamaslik lozimligini ta’kidlagan.
Amir Temur “
Dono vazir – doimo davlat aholisini, xalq baxtini, qo‘shinni
-30-
kuchaytirishni, to‘kin-sochin boylikni o‘ylaydi. Mansabdor agar u xalq bilan yomon
munosabatda bo‘lsa, qilgan aybining muqimligiga muvofiq jarima to‘lashi lozim
”, –
deb ta’kidlagan. Amir Temur: “
Vazir zolim bo‘lsa, saltanat ishlari tez muddatda
parokandalikka uchraydi
”, – deb ta’kidlagan. Shuni ham alohida qayd etish lozimki,
vazirning vazifalarini taftish etayotganda o‘z vorislariga tuhmat va hissiyotlarga
berilmaslikni uqtiradi[6,303]. Agarda vazir davlatga xiyonat qilsa, o‘limga hukm
qilingan.
Amir Temurning davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining
tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash,
sipohlarning maoshi,
mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va
vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko‘rsatgan
alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa xususida o‘z tuzuklarida batafsil
bayon etilgan. Umuman olganda, Sohibqiron Amir Temur saltanati aniq va puxta
ishlangan tizimga muvofiq faoliyat yuritgan.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, Sohibqiron Amir Temurning davlat
boshqaruvi borasidagi faoliyatidan saboq chiqarish yurt taraqqiyoti va uning
xavfsizligini ta’minlash tinchlik va osoyishtalik omili bo‘lib qolaveradi.
Dostları ilə paylaş: