-142-
Endi qolgan 3 ta guruh o‘quvchilari
uchburchak, to‘rtburchak, aylana
shakllari orasidan xohlaganini tanlab oladi. (Bunda o‘qituvchi turli ranglardagi
shakllardan ham foydalanishi mumkin bu orqali o‘quvchi psixologiyasi bilan bog‘liq
jihatlar namoyon bo‘ladi). Ushbu shakllarda hukmdor faoliyati bilan bog‘liq savollar
bo‘ladi. Masalan:
uchburchakni tanlagan guruh o‘quvchilari Amir Temurning faoliyati
haqida to‘liq ma’lumot berishlari lozim (yashab o‘tgan davri,
amalga oshirgan
ishlari). Bunda:
darslikdagi ma’lumotlar aytilsa, 3 ball beriladi;
darslik ma’lumotiga qo‘shimcha boshqa
manbalardan foydalanib
ma’lumot aytilsa, 4 ball beriladi;
o‘zi tanlagan shaxsni “taxt”ga o‘tirgan shaxsdan ustun jihatlarini (kuchli
tomonini)
aytib bera olsa, 5 ball.
to‘rtburchakni tanlagan guruh Amir Temurni fazilati haqida (shaxs
sifatida xarakteri, shu bilan bog‘liq voqea, rivoyatlar)
darslikdagi ma’lumotlar aytilsa, 3 ball beriladi;
darslik ma’lumotiga qo‘shimcha boshqa manbalardan foydalanib
ma’lumot aytilsa, 4 ball beriladi;
o‘zi tanlagan shaxsni “taxt”ga o‘tirgan shaxsdan ustun jihatlarini (kuchli
tomonini) aytib bera olsa, 5 ball.
aylanani tanlagan guruh Amir Temurni jamiyat hayoti uchun muhim
islohotlari haqida (tarixiy shaxsni islohotlari yoki kashfiyotlari, asarlari haqida)
darslikdagi ma’lumotlar aytilsa, 3 ball beriladi;
darslik ma’lumotiga qo‘shimcha boshqa manbalardan foydalanib
ma’lumot aytilsa, 4 ball beriladi;
o‘zi tanlagan shaxsni “taxt”ga o‘tirgan shaxsdan ustun jihatlarini (kuchli
tomonini) aytib bera olsa, 5 ball.
-143-
Amir Temur (tarixiy shaxs) o‘rnidagi ishtirokchi yoki guruh shu
hukmdor o‘rnida bo‘lsa qaysi ishlarini takrorlamasdi va yana qanday ishlarni amalga
oshirgan bo‘lar edi.
Bunda har qanday yangi g‘oya muallifiga 3 ball;
Ijobiy g‘oya va qarash muallifiga 4 ball;
“taxt”ga da’vogar boshqa hukmdorlar (tarixiy shaxslar)ning zaif
tomonlarini sanab bersa 5 ball.
Yuqorida berilgan topshiriqlar guruh sardori tomonidan a’zolarga taqsimlanib
beriladi. Ya’ni bunda sardor o‘quvchi guruhidagi sinfdoshlari kuchiga qarab vazifa
taqsimlaydi. Shu tariqa guruh ichida yana kichik guruhchalar shakllanib o‘zi
uchun
belgilangan vazifani bajaradi. Mana shu kichik guruhda o‘quvchi o‘zini individual
fikrini ochiq ayta olish va himoya qilishni o‘rganadi. Topshiriqni bajarish uchun
guruhlarga 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Izoh: bu qisqa vaqtda o‘quvchi miyasiga kelgan
birinchi
fikrni yozadi, ko‘pincha bunday fikrlar muvaffaqiyatli bo‘lib chiqadi.
Guruhlar taqdimoti ham 3 daqiqadan oshmasligi lozim. Jami: 15-16-daqiqa vaqt
sarflanadi.
Metod jarayonida o‘qituvchi boshqaruvchi, kuzatuvchi, ma’lumotlarni tahlil
qiluvchi va bildirilayotgan g‘oya va fikrlarni ijobiy tomonga yo‘naltiruvchi bo‘lishi
lozim.
Ushbu metod o‘quvchida bir nechta tayanch va
fanga oid kompetensiyalar
jumladan:
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish
kompetensiyasi;
tarixiy
manba
va
adabiyotlar
bilan
ishlash
kompetensiyasi
shakllantiriladi.
-144-
Eng muhim tomoni shundagi o‘quvchi tasavvurini ishga soladi. Hukmdor yoki
tarixiy shaxs faoliyati yuzasidan o‘sha zamon ruhiyatidan kelib chiqib fikr yuritadi.
Unda tanqidiy tahlil qilish shakllanadi va o‘z navbatida tasavvuriy o‘sha shaxs
o‘rnida qanday ishlarni amalga oshirishi haqida fikr yuritadi. Eng asosiysi, o‘qituvchi
tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirilgan bu g‘oyalar ichidan eng ajoyiblari, kreativlari
ularning shaxsiy hayotida ham muhim o‘rin tutishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: