-99-
bo‘lgan. Miyasining hajmi 1668 sm kub.sm bo‘lib, u erkak kishi miyasining o‘rta
hajmidan (1500 kub.sm) ortiqdir. Antropolog Gerasimov Amir Temurning soch va
soqoli ranglarini o‘rganib chiqadi. Suyaklari ham o‘rganadi. Afsuski, Temur
bobomizni suyaklarini o‘rganish maqsadida Moskvaga olib ketildi.
Amir Temur bobomiz hayoti yoshlarimiz uchun muhim tarbiya omilidir. Zero,
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning fikrlari bilan
izohlasak, – “
Tarix bu ko‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p jahongirlarni biladi.Ularning
aksariyati faqat buzg‘unchilik qilgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr
bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam,
o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”
degan, so‘zlari fikrimizning dalilidir.
Zero, Amir Temur va temuriylar davri (XVI asr ikkinchi yarmi va XV asr)
Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida madaniy rivojlanishning yuksak darajaga
erishuvi, ma’naviy hayotning takomillashuvi bilan izohlanadi.
Mening fikrimcha nafaqat tarix fani o‘qituvchisi balki, matematika, fizika,
geografiya, ingliz tili barcha-barcha fan o‘qituvchilari buyuk davlatchiligimiz
asoschisi haqidagi manbalarni bilishi yosh avlodga uni har doim talqin etishi milliy
g‘ururni o‘quvchilar ongiga singdirishi lozim deb hisoblayman. Zero,buyuk
ajdodlarimiz yod etgan yosh avlod ularga munosib ajdod bo‘lishga harakat qiladi,
ularni hech qanday yot g‘oyalar chalg‘itmaydi.
Dostları ilə paylaş: