-85-
O‘z o‘rnida ta'lim va tarbiya, shaxs rivojlanishi yo‘lida yangidan-yangi
pedagogik texnologiyalarni izlab topishni, har bir masalaga ijodiy yondashishni talab
etadi. Ta’lim va tarbiya, shaxs rivojlanishi yo‘lida albatta o‘quvchining intellektual
faollik darajasini aniq bilgan holda darslar tashkil etilsa albatta yaxshi natija beradi.
D.B. Bogoyavlenskayaning nazariyasiga binoan, intellektual faollikning 3 ta
darajasi mavjuddir.
1. Reproduktiv. Yuqori chegarasi – qiziqish, quyi chegarasi sinalayotgan
odamning vazifasiga nisbatan sustligi.
2. Evristik. Faoliyatni takomillashtirishga intilish paydo bo‘ladi, yechimning
yangi usullarini topishga nisbatan intilish vujudga keladi.
3. Kreativlik. Bu intellektual faollikningyuqori darajasi bo‘lib, uning
yordamida vazifani yo‘lga qo‘yishdagi tashabbus, nazariy umumiy xulosalar, o‘zaro
bog‘likliklar, sabab-oqibatlar aniqlanadi.
Hozirgi tavsiyamizni reproduktiv va evristik intellektual faolligini kreativ
darajaga yetishiga poydevor bo‘ladi degan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: