71
IV BOB
MEXANIK ISHLOV BERISHDAGI XATOLIKLAR
Asosiy tushunchalar
Ishlab chiqarishda albatta detal aniqligini buzuvchi xatoliklar vujudga
keladi. Bularning sabablari juda ko‘p. Xatoliklar kelib chiqish sabablariga qarab
ikki xil bo‘ladi: sistematik va tasodifiy.
Sistematik xatoliklar ham o‘z navbatida sistematik doimiy va sistematik
o‘zgaruvchan xatoliklarga bo‘linadi. Sistematik doimiy xatoliklar xatolik
ko‘rilayotgan detallar guruhi uchun doimiy hisoblanadi. Masalan, stanokning,
moslamaning, keskichning (parma, protyajka va h.k.) xatoliklari. Sistematik
o‘zgaruvchan xatoliklar ma’lum qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi: keskichning
yeyilishi, stanok-moslama-asbob-detal (SMAD) tizimining temperatura ta’sirida
deformatsiyalanishi. Sistematik xatoliklarni oldindan hisobga olish mumkin.
Tasodifiy xatoliklarni oldindan bilib bo‘lmaydi. O‘z nomi bilan, xohlagan vaqtda
vujudga keladi va yo‘qoladi. Masalan, qirqish kuchining o‘zgarishi, qiytim
qalinligini o‘zgarishi va h.k.
Dostları ilə paylaş: