Mashinasozlik buyumlarini ishlab chiqarishni texnologik jihatdan
tayyorlash.
Hozirgi zamon mashinasozligini buyumlarini ishlab chiqarish juda
murakkab hisoblanadi. Uni ishlab chiqarish uchun o‘n minglab mehnat-soatlari
11
sarflanadi. Mashinalarni seriyaga qo‘yib, ishlab chiqarish juda murakkab bo‘lib, u
ko‘p mehnat talab qiladi.
Seriyali ishlab chiqarishni texnologik va tashkiliy tayyorlash uchun, ya’ni
mashinani tayyorlash ketma-ket (posledovatelno) va bir yo‘la (parallel) ishlash
usullarida ishlar olib boriladi. O‘rnatilgan tartibda mashina chizmalarini ko‘rib
chiqish bilan bir yo‘la texnologik jarayon ham yaratiladi. Ozgina surilishi bilan
(qachon texnologiya tamom bo‘ladi, deb kutib o‘tirmasdan) moslamalar
loyihalanadi va yasay boshlanadi. Shunda seriyali ishlab chiqarishni tayyorlash
muddati ancha qisqaradi.
1.2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar
Tabiat narsalarini (predmetlarini) odam-inson uchun foydali buyumga
aylantirish uchun ishlab chiqarish jarayoni xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish
jarayoni
tabiat predmetlarini buyumlarga aylantirishdagi barcha bosqichlarni o‘z
ichiga oladi.
Bu mashinasozlik mahsulotlari uchun tog‘ konlarida ruda qazib olishdan
boshlanadi. Ruda tashish, boyitish, metallurgiya zavodiga jo‘natish, cho‘yan olish,
po‘lat eritish, quymalar olish, zagotovkalar (prokat, list, quymalar) olish, agregat
(panellar) yig‘ish, agregatlardan mahsulot yig‘ish (samolyot, raketa, stanok,
avtomobil, traktor va h.k.) va nihoyat ularni tekshirib sinovdan o‘tkazish.
Mashinasozlik zavodida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni bu
umumiy ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir.
Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga shu korxonaga
kelayotgan barcha predmetlarni (xom ashyo-zagotovka, polufabrikat, agregat va
h.k) mahsulotga aylantirish bosqichlarini (yumushlarini) o‘z ichiga oladi.
Bular jumlasiga ishlash turlari (mexanik ishlash, bosim bilan ishlash, quyib
ishlash, payvandlash, termik ishlash, ximik ishlash), nazorat, agregatlarni yig‘ish,
sinash, kraskalash, buyurtmachiga topshirish va hokazolar kiradi.
|