a) Infiltrativ o‘pka sili (kazeoz pnevmoniya), tez rivojlanuvchan davri, o‘pka-yurak yetishmovchiligining II-III-darajasi bilan.
Bir yoki ikkala o‘pkaning subtotal yallig‘lanishi, ulkan yoki ko‘plab kavernalarning hosil bo‘lishi, adekvat antibakterial davolash o‘tkazilishiga qaramay bemor ahvolining og‘irlashib borishi, intoksikatsiyaning yaqqol belgilari va o‘pka-yurak yetishmovchiligining II-III-darajasi bilan ajralib turadi. Bunda bir yoki ikkala o‘pkada bronxogen disseminatsiya o‘choqlari paydo bo‘lishi, o‘pkadan qon ketishi yoki qon tufurish holatlari, doimo balg‘amda sil mikobakteriyalarini aniqlanishi kuzatiladi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator (o‘pkani rentgen-tomografiyasi, qon va balg‘amning klinik-laborator tahlili) tekshiruvlari o‘tkaziladi.