19 1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 114. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi she’r qaysi qahramon
tomonidan kimga qarata aytilgan?
Ostingda o‘ynaydi chin tulpor oting, Rustamga o‘xshaydi shon-u shavkating. Qayerda, mehmonsan, sening elating, Ajdaho nishonim, qaydin bo‘larsan? A) Rayhon arab tomonidan Go‘ro‘g‘liga
B) Go‘ro‘g‘li tomonidan Rustamga
C) Rayhon arab tomonidan Rustamga
D) Go‘ro‘g‘li tomonidan Rayhon arabga
115. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon bilan bo‘lgan birinchi
jang necha soat davom etadi?
A) 5 soat
B) 8 soat
C) 9 soat
D) 10 soat
116. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Ravshanbekni necha yoshida
maktabga beradilar?
A) to‘rt yoshida
B) olti yoshida
C) yetti yoshida
D) besh yoshida
117. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning lashkari qancha
vaqtda Asqar tog‘iga yetib keladi?
A) 3 oyda
B) 2 oyda
C) 40 kunda
D) 7 kunda
118.
«Go‘ro‘g‘lining
tug‘ilishi»
dostonida:
«Meni
Shohdorxonning
odamlarining qo‘lida o‘ldirma, Har nima qilsang o‘zing qil», – deb Xudoga
yolvorib, barcha payg‘ambarlar, o‘tgan azizlarni shafe keltirib, yig‘lagan
qahramon kim?
A) Bibi Hilol
B) Rustambek
C) Ravshanbek
D) Xoljuvon
119. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimga qarashli otning bolasi G‘irot
(G‘irko‘k)ning isini olib, egasiga savdo tusharini bilib, qoziqda tinmasdan
aylanib yotgani aytiladi?
A) Ravshanbekka
B) Gajdumbekka
C) Rayhon arabga
D) Rustambekka
120. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li go‘rda tug‘ilganligi sabab,
onasining jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Shu o‘rinda go‘dakni
yo‘rgaklab olish uchun kimlar hozir bo‘ladilar?
A) Anbar ona va Bibi Oyshalar
B) Bibi Oysha va Bibi Fotimalar
C) Xizr alayhissalom va chiltanlar
D) Yusuf alayhissalom va chiltanlar