1-modul 1-Mavzu: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsadi, vazifalari Reja


Sinfdan tashqari ishlar bosqichlari



Yüklə 20,43 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü20,43 Kb.
#179559
1   2
1-maruza

Sinfdan tashqari ishlar bosqichlari:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STI mashg‘uloti" deb yuritiladi.
2. Boshlang‘ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to‘g‘ri
keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilaming o‘qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qiganlari baholanadi.
Sinfdan tashqari ishlar darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari ishlar tizimining bosqichlari bilanikkinchidan, o‘quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to‘rtinchidan, o‘quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi.


Boshlang‘ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish turlari:
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boiladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zlaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchi bu jarayonda qo‘shimcha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko‘rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o‘z ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga kiradi.Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o‘stirish, olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo‘shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi
Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o‘quvchilarga qo‘shimcha bilim, malaka va ko‘nikmalar berish.Tarbiyaviy ahamiyati – o‘quvchilarning ijodiy faoliyat ko‘rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
Adabiy kechalarga misollar “Navoiyxonlik”, “Boburning tavallud kuniga bag‘ishlangan kecha” va h.k.Eskursiya ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi va ekskursiyadan oldin o‘quvchilarga topshiriqlar beriladi.
Muzeylarga ekskursiyaga borish; Metro bekatlari bo‘ylab sayohat;
Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h.k.Bayram va tadbirlar
Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin.Bayram va tabrirlar ssenary asosida tashkil etiladi.Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar.Uchrashuv jonli muloqot tarzida tashkil etiladi.Uchrashuvga o‘quvchilar yaxshi biladigan shoir va yozuvchilarni taklif etish maqsadga muvofiq.
Mehmon bolalar adabiyotio vakili bo‘lishi lozim.Ko‘rik tanlovlar.Bu ko‘rik tanlovlar sinflar ichida yoki sinflar aro bo‘lishi mumkin.Masalan: “Yilning eng bilimdon o‘quvchisi”,To‘garaklar ma’lum bir fan asosida tashkil etiladi.To‘garak uchun yillik ish reja tuziladi..Masalan: “Yosh xattot”, “Ona tilim – jon-u dilim”. Ona tllidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, ham tarbiyavly
maqsadlarni ko‘zlaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlami doimiy va mavsumiy
tadbirlarga ajratish mumkin. Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg‘ulotlari klritilsa,
qolganlari vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilaming doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka a’zo bo‘lish ixtiyoriy, ammo uning mashg‘ulotlarida ishtirok etish majburiydir. Ona tili to‘garagining a’zolari soni 12-15 o‘quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo‘lmasa, to‘garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi ham mumkin. To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim - Jonu dilim”, “Til - dil kaliti”, “O‘zbek tili davlat till” v.h. Mashg‘ulot 15 kunda bir marta o‘tkazilgani ma’qul.
ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 - yil.
3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 - yil.
4. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish. Toshkent. “Uzkomtzentr” 2003- yil
Yüklə 20,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin