Operativ hisob ma’lumotlarining yana bir xususiyati shundaki, ular tegishli hisobot shakllarida ifoda qilinmaydi, balki hisob ishlariga asos qilib olinadi. Operativ hisobning boshqa hisob turlaridan farqi shundaki, undan maxsus tanlab olingan va maqsadga yo‘naltirilgan xo‘jalik muammolarini boshqarishda, holatini o‘rganishda foydalaniladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda bu hisob turini operativtexnika hisobi, deb ham ataydilar, lekin hisobni bunday deb atashga salbiy fikr berish bilan birga, aytish lozimki, operativ hisob oldida turgan vazifaning hal qilinishi operativ hisobga qo‘shimchalar qo‘shib o‘rganish, masalan, operativ-texnika, operativ-ishlab chiqarish kabi xususiyatlari bilan xarakterlanadi, xolos.