liberalizmdir.
Bu atama lotincha «liberalis» so’zidan olingan bo’lib «erkin» degan
ma’noni anglatadi.
Liberalizm XVII-XVIII asrda ma’rifatparvarlik davri g’oyalari negizida
tarix saxnasiga chiqib kelayotgan burjuaziya sinfining mafkurasi sifatida
shakllandi. Bu mafkuraning asosiy qoidalari J. Lokk, T.Gobbs, Sh.Monteske,
A.Smit, T.Jefferson, D.Mill va boshkalarning asarlarida asoslab beriladi.
Liberalizmning poydevorini shaxs erkinligi, uning barcha jamiyat
institutlariga nisbatan eng oliy qadriyat ekanligi, shaxsning ham o’z oldida, ham
jamiyat oldida mas’ulligi barcha kishilarning o’zini-o’zi ro’yobga chiqarish
huquqini tan olishligi kabi prinsiplar tashkil etadi.
Liberalizm hokimiyatning taqsimlanishi, siyosiy plyuralizm, elitalar
raqobati, qonunning ustuvorligini e’tirof etadi. U fuqarolar huquqlari va
43
erkinliklarini ta’minlashni o’zining asosiy maqsadi, deb biladi. Mazkur
mafkuraning barcha ko’rinishlarida inson shaxsining individual erkinligi, qadr-
qimmati, boshqa kishilarning qarashlari va e’tiqodlariga sabr-chidamli bo’lishlik
talablari doimo himoya qilinib kelinadi. Shaxs erkinligini hurmat qilish bilan
bog’lab liberalizm o’zining g’oyaviy ko’rsatmalarida individualizm va
insonparvarlik prinsiplarini uyg’un ravishda mujassamlashtiradi.
Erkinlik prinsipi liberalizm tarafdorlari tomonidan davlat cheklashlaridan
erkin bo’lishlik sifatida talqin etiladi. Bu g’oyani angliyalik mutafakkirlar J.Lokk
va D.Mill yaxshi ifoda etadilar. Jumladan, D.Milya bu g’oyani quyidagicha
izohlaydi: «Inson o’ziga nima kerakligini har qyanday hukumatdan ko’ra o’zi
yaxshi biladi».
Liberalizm tarafdorlari uchun erkinlik uchun kurash insonning iqtisodiy,
jismoniy va intellektual erkinligi yo’lidagi barcha to’siqlarni, cheklashlarni
tugatish uchun kurashishni anglatadi. Ular hokimiyatni meros qilib qoldirishning
barcha shakllariga va tabaqaviy imtiyozlarga qarshi chiqadilar. Bu ko’rsatmalar
negizida «davlat — tunggi qorovul», degan g’oya qaror topadi. Ushbu g’oyaning
ma’nosi shuki, davlat faqat ijtimoiy tartibni qo’riqlash va mamlakatni tashqaridan
bo’ladigan taxdiddan himoya qilishni ta’minlaydigan eng kerakli vazifalar bilan
ta’minlanishi kerak. Shuning uchun aynan liberalizmda fuqarolik jamiyatining
davlat ustidan ustuvorligi g’oyasi qaror topdi va amalga oshirilmoqda. J. Lokk
fuqarolik jamiyati bu doimiy kattalik, davlat esa undan kelib chiquvchidir, deb
e’tirof etgan edi.
|