1-Mavzu: Retsepsiya retseptor hujayralar tuzilishi va faoliyati. Sinergetika konsepsiyasi. Entropiya haqida tushu


-Mavzu: Moddalar tashilishining boshqarilishi.diffuzion



Yüklə 199,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix14.12.2023
ölçüsü199,19 Kb.
#180372
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Beofizika mustaqil ish 6 ta amaliy

3-Mavzu: Moddalar tashilishining boshqarilishi.diffuzion 
patensiallar.Sinapslar va sintaptik jarayonlar. 
 
 
Moddalar almashinuvi
yoki 
metabolizm
— tirik organizmlarning oʻsishi, 
hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini doimiy 
taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli 
xujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra 
strukturalari va hujayra
lararo moddalar hosil boʻladi, yemiriladi va 
yangilanadi. Mas, odamda barcha toʻqima oqsillarining yarmisi taxminan 80 
sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon zardobidagi 
oqsillarning yarmi har 10 kunda, muskul oqsillari 180 kunda, ayrim jigar 
fermentlari har 2
—4 soatda yangilanib turadi. Moddalar almashinuvi 
energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ularni bir-biridan 
ajratib boʻlmaydi. Hujayralarda sodir boʻladigan Moddalar almashinuvi bilan 
energiya almashinuvi biologik katalizatorlar 
— fermentlar ishtirokida amalga 
oshadi. Energiya almashinuvida murakkab organik molekulalardagi kimyoviy 
bogʻlar shaklida mavjud boʻladigan potensial energiya kimyoviy oʻzgarishlar 
tufayli hujayra strukturasi va funksiyasini, tana haroratini saqlab turish, ish 
bajarish va boshqa jarayonlar uchun sarf boʻladigan energiyaga aylanadi. 
Moddalar almashinuvi hujayrada bir vaqtning oʻzida kechadigan va oʻzaro 
bogʻliq boʻlgan ikki jarayon — anabolizm va katabolizmaan iborat. Katabolik 
jarayonlarda mu
rakkab molekulalar oddiy molekulalarga parchalanib, koʻp 
miqdorda energiya ajraladi. Bu energiya maxsus kimyoviy energiyaga boy 
makroergik bogʻlar, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va boshqa 
molekulalar shaklida jamgʻariladi. Katabolik oʻzgarishlar, odatda, gidrolitik va 
oksidlanish reak-siyalari natijasida amalga oshadi. Bu reaksiyalar kislorodsiz 
(anaerob yoʻl — glikoliz, bijgʻish) hamda kislorod ishtirokida (aerob yoʻl — 
nafas olish) sodir boʻladi. Ikkinchi yoʻl evo-lyusion nuqtai nazardan ancha 


y
osh va energetik jihatdan ancha samarali boʻlib, unda organik moddalar 
CO2 va suvgacha toʻliq parchalanadi. 
Hujayrada katabolizm va anabolizm reaksiyalari bir vaqtda kechadi; 
katabolik oʻzgarishlarning oxirgi bosqichi anabolizmning boshlangʻich 
reaksiyalari hisoblanadi. Birok, Moddalar almashinuvining anabolitik va 
katabolitik yoʻllari oʻzaro mos kelmaydi. Mas, glikogenning laktat 
kislotagacha parchalanishida 12 ta ferment ishtirok etib, ularning har biri bu 
jarayonning alohida bosqichini katalizlaydi. Glikogenning laktat kislotadan 
hosil boʻlishi jarayoni esa 9 ta fermentativ reaksiyalardan iborat boʻlib, ular 
tegishli katabolik reaksiyalarning aksi hisoblanadi. Xuddi shunga oʻxshash 
oqsillar bilan aminokislotalar yoki yogʻlar bilan faollashgan atsetat kislota 
oʻrtasida kechadigan anabolik va katabolik re-aksiyalar ham oʻzaro mos 
kelmaydi. Moddalar almashinuvining reaksiyalari hujayraning maʼlum 
qismlari 
— kompartamentlarda amalga oshadi. Mas, glikoliz jarayoni hujayra 
sitoplazmasida, gidrolitik parchalanish reaksiyalari 
— lizosomalarda, 
lipidlarning hosil boʻlishi silliq endoplazmatik toʻrda, oqsillar biosintezi 
ribosomalarda roʻy beradi. Moddalar almashinuvining umumiy bosqichlari 
bir-
biri bilan doimo bogʻlangan boʻladi. Moddalar almashinuvining asosiy 
oraliq moddasi piruvat kislota uglevodlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi 
reaksiyalarini oʻzaro bogʻlab turadi. 
Barcha tirik organizmlar uchun xos boʻlgan hujayra darajasidagi Moddalar 
almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy 
jaray
onlarning jadalligi va yoʻnaltirilganligi fer-mentlar faolligiga taʼsir 
koʻrsatish, ularning hosil boʻlishi yoki parchalanishini boshqarish orqali 
amalga oshadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda Moddalar 
almashinuvi qoʻshimcha boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar 
almashinuvi nerv sistemasi orqali va gormonal yoʻl bilan ham boshqarib 
turiladi. 
Siz aeroportda yoʻlovchilarni oʻtkazishdagi xavfsizlik tizimini 
bilasizmi? Agar bilsangiz, aeroportda faqat chiptasi bor insonlargagina baʼzi 
bir taqiqlangan buyumlarsiz (misol uchun, qurol-yaroqlar, portlovchi 


moddalar va biror-
bir idishda suv) samolyotga oʻtirishga ruxsat beriladi. 
Samolyot kapitani, bort kuzatuvchilari va aeroport xizmatchilari uchun 
alohida yoʻlaklar bor hamda ular bemalol ushbu maxsus yoʻlaklar orqali 
kerakli joyga tezda oʻta oladi. Oddiy yoʻlovchilar esa sekinlik bilan uzundan 
uzun navbatlarda turib oʻtadi. 
Hujayraning plazmatik membranasi ham aeroportda yoʻlovchilarni 
oʻtkazuvchi xavfsizlik tizimiga oʻxshaydi. Hujayra membranasining 

Yüklə 199,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin