Birinchi blok bosh miya po'stloq osti zpnalari:yuqori ustun va limbik soha. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta’minlaydi.
Ikkinchi blok orqa miya qatlami katta yarim sharlari bo'laklarini o‘z ichiga oladi,tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi.
Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi. Birlamchi doira — miya qatlamining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori darajada o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a’zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi.
Miya apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir.
Ular birlamchi doira orqali olingan qo'zg'alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar birlamchi doiralar kabi o‘zining ixtiyoriy modalligi (ko‘rish, eshitish va boshqa doiralar)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorning bosh miya qatlami birikmasini o'zida namoyon etadi.
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bo'linmalarini o‘zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini o‘taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga, e’tiborni qaratish munosabatlari, murakkab mantiqiy grammatik qurilishi haqidagi bilimlar bilan ish qurishga o'tish sodir bo'ladi.
Uchinchi blok hatto yarim sharlar qobig'ining oldingi bo'limlari (motor, motor oldi va old frontal soha)ni o‘z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta’minlaydi. U shuningdek miya qobig'i ostidagi a’zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tctik holatini ular faoliyati oldiga qo'yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi.
Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ish lash i natijasida vujudga kcladi. Shu bilan birga, har bir blok nutq jarayonida alohida, maxsus o'ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.
Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miya qobig'ining turli qismlari turlicha ishtirok etadi. Bosh miya qobig'i qaysidir qismining jarohatlanishi nutq faoliyati buzilishining o'ziga xos alomatlariga olib keladi.
Nutq buzilishlarining shakl va turlari haqidagi ilmiy asoslangan tasavvurlar shu buzilishlarni bartaraf etishning samarali usullarini ish lab chiqish uchun dastlabki shart hisoblanadi.