1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə1/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
,,


1-2.Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati.


Reja
1. Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti
2. Tafakkur shakli va tafakkur qonuni tushunchalari


TAFAKKUR MANTIQ ILMINING O‘RGANISH OB’EKTI
Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logika-108) atamasi «fikr», «so‘z», «akl», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun- qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tash- kil etadi. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «akdiy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida ko‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqi- chidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini anikdab olish zarur.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o‘z oldi- lariga ma’lum bir maqsadni qo‘yadilar. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo‘nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.
Bilish murakkab, zidsiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish - insonning sezgi organlari1 yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun xam inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.
Hissiy bilish uch shaklda: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi. Sezgi predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. Idrok predmetning yaxlit yaqqol obrazi bo‘lib, u mazkur predmet haqidagi turli xil sez- gilarni sintez qilish natijasida hosil bo‘ladi. Alohida olingan sezgilardan farkdi o‘laroq, idrok berilgan pred- metni boshqa predmetlardan (masalan, olmani behidan, nokdan va shu kabilardan) farq qilish imkonini beradi. Tasavvur esa avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar (berilgan predmet bilan ma’lum bir umumiylikka ega bo‘lgan) ta’sirida miyada qayta hosil qilishdan yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat hissiy bilish shaklidir. Masalan, tanishingizga o‘xshagan kishini uchratganda tanishingizni eslaysiz yoki qurmoqchi bo‘lgan imoratingizni mavjud imo- ratlar obrazlari yordamida yaqqol his qilasiz.
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xu­susiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, xdssiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) sub’ektga (individga, to‘g‘ri- rogi, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham buvdan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa predmet-signal ta’sir etadi.
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
Uchinchidan, hissiy obraz predmetning yaqqol obrazidan iborat.
To‘rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
Beshinchidan, xdssiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish mavjud bo‘la olmaydi. CHunki inson tashqi olam bilan o‘zining sezgi organlari orkali bog‘langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi.
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo‘li bilan, ya’ni tajribada bunday bilimlarning ob’ektini qayd etish orqali asoslanadi. O‘z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, akd tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, gu- vohlarning bergan ko‘rsatmalari asosida jinoyatchining portreti (masalan, kompyuter yordamida fotoroboti) yaratiladi, yaqqol his qilinadi va qidiriladi.
Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoni- yatlari, chegarasiga ega. U bizga alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan havoning harorati o‘rtasidagi bog‘lanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi.
Bundan tashqari, ba’zi hollarda hissiyotimiz bizni aldab qo‘yadi. Uning asosiy sabablari inson sezgi a’zolari imkoniyatlarining chegaralanganligi va shuningdek, predmetning mohiyatini belgilaydigan muhim xususiyatlarning hammavaqt ham tashqaridan aniq, ravshan ifodalana bermasligidan iborat. Masalan, uzokdan sizga qarab yurib kelayotgan kishini tanishingizga o‘xshatasiz, lekin yaqinroq kelganda uning boshqa kishi ekanligi ma’lum bo‘ladi. Boshqa bir misol. Endi tanishgan kishingiz haqidagi dastlabki taassurot (bu asosan uning tashqi tomonidan ko‘rinishiga qarab hosil qilinadi) ba’zan u bilan muloqotda bo‘lgandan keyin o‘zgaradi. Mana shu o‘rinda «Kiyimiga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatishadi» degan maqolning hissiy bilish bilan akd o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni, farqni yaxshi ifoda qilishini ta’kidlash lozim. YUqorida qayd etib o‘tilgan holatlar tafakkurga bo‘lgan ehtiyojni, uning bilishda tutgan o‘rnini chuqur anglashga yordam beradi.
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga ta­fakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori- ratsional (lotincha gabo - aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari anikdanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:

  1. Tafakkurda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farkdi o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan abstraktlashgan (fikran chetlashgan, mavxum- lashgan) holda, e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takror- lanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishi- mizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan hodsa ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ongga ega bo‘lish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. Umumiy belgilarni anikdash predmetlar o‘rtassdaga munosabatlarni, bog‘lanish usullarini o‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muxdm belgilariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning moxdyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan qonu- niyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida kel- tirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitga mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‘rtasvdagi muhim bog‘lanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi.

  2. Tafakkur borliqni bilvosita aks ettira oladi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqa- dorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi hakdda fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilixssa aniq namoyon bo‘ladi.

  3. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borlikda real analogiga ega bo‘lmagan narsalar - yuqori darajada ideallashgan ob’ektlar (masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yara- tish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.

Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda - moddiy hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin