Sportchi va fizkul`turachilar axloqiy tarbiyasining
asosiy xususiyatlari, uni
jismoniy tarbiya jarayonini yo’lga qo’yilishi quyidagi yo’nalishda va shaklda bo’lishiga
e`tibor qaratilmoqda:
1. Jamoatchilik burchiga ijtimoiy munosabatda bwlish, jamiyat ishini o’z shaxsiy
ishi bilan teng qo’yish, jamiyat va davlat ishini darajasini pasaytirmaslik. O’zining
jismi tarbiyasiga ongli munosabatda bo’lish, Vatan mudofaasiga doimo tayyorlik har
bir jamiyat a`zosining umumiy burchiga aylangan bwlishligi sport hayotidagi maqsadni
birligi va umumiyligi barcha uchun yagona qonuniy ahamiyatga ega bulishligi, uni
jamoa faoliyatida gavdalanishi, jamiyati jismoniy madaniyati tarixi, an`analari,
millatining shoni uchun jamoaning kuchini umumlashtira bilishlik xususiyati.
Mamlakat sportchisi xalqaro maydondagi g’alabalarning
hal qiluvchi omili
ekanligi, o’z xalqi, Vatani oldidagi javobgarlik burchini his qilabilishlik xususiyati.
2. Jamoat mulkiga (sport inshoati, undagi jihoz va anjomlarga) ijtimoiy
munosabatni sport maydonlarini jihozlash va qayta jihozlash ishida ishtirok etish.
3. Jamiyat a`zolarining axloq normalarini eng asosiy mehnatga ijtimoiy
munosabatda bo’lishlikdir. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish shug’ullanuvchi
mehnatda, ishlab chiqarish jarayonida har tomonlama garmonik rivojlanishini amalga
oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Sportchini sport natijasiga erishishi mashaqqatli
bo’lib, chidamli mehnatni talab qiladi. U rekordlarnigina
yangilash bilan mehnat
jarayoni uchun iroda, intizom, mehnat qilishga odatni shakllantiradi, mehnatni
qadrlashga o’rganadi.
4. Jismoniy madaniyat jamiyat qonunchiligiga bo’ysunishga o’rgatadi.
Gimnastika, o’yinlar, sport, turizm va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish
tarbiyalanuvchilardan
belgilangan qoidaga, tartibga qat`iyyan rioya qilish talabini
qo’yadi. Ularga bo’ysunmaslik sportchini yoki tarbiyalanuvchini umumiy maqsaddan
uzoqlashtiradi. Sport faoliyati sportchi hayotini havf ostida qoldirishi
– masalan, to’p
uchun kurashayotganda o’yinchilar bir-biri bilan tqnashib ketdi. Kimdir aybdor.
Qo’pollikka javob qilgingiz keladi. Lekin sportchi axloq normalari, o’zini qo’lga olish
va nizoli holatni tinch yol bilan hal qilish uchun lozim bo’lgan axloqiy normalar,
talablarni ustun kelishi xususiyati.
5. Gumanizm, insonni hurmat qilish, kelajak uchun, tinchlik uchun kurashishga
zamin, bir-birini qo’llash, yordam berish, ayniqsa, musobaqalar davomida o’zaro
o’rtoqlik yordami o’z raqiblariga nisbatan hurmat ruhida turkiy xalqlarda wta yuqori
bo’lganligi, mustahkam salomatlik va jisman tayyorgarlik jamiyat a`zosining axloq
normalari, irodasi va boshqa xususiyatlarni tarbiyalash xususiyatlarini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: