3.5.
Jahon bozorining vujudga kelishi
Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropaning keyingi iqtisodiy rivojlanishiga
juda kuchli inqilobiy ta'sir ko'rsatdi. "Amerikan- ing kashf qilinishi va Afrikani
aylanib o'tadigan dengiz yo'lining ochilishi o'sayotgan burjuaziya uchun yangi
faoliyat maydonlarini yaratib berdi. Sharqiy Hindiston va Xitoy bozorlari,
Amerikaning mustamlakalashtirilishi, mustamlakalar bilan ayirboshlash, ayir-
boshlash vositalari va umuman tovarlar miqdorining ko'payishi savdo-sotiq,
dengizda suzish, va sanoatga shu vaqatgacha misli ko'rilmagan turtki berdi va
parchalanayotgan feodal jamiyatda revolyutsion elementlarning tez rivojlanishiga
olib keldi".
Yangi yerlar kashf etilishi natijasida XVI asr oxiriga kelib yer sharining
yevropaliklarga ma'lum bo'lgan hududlari XIV asrga nisbatan 6 marta ko'paydi.
Dunyo quruqligining 60 %i o'rganib bo'lindi. Dengizda suzish san'ati dunyoning
juda uzoq qismlari va xalqlari orasida barqaror iqtisodiy aloqalarning o'rnatilishiga
imkon berdi.
Mustamlaka hududlar Yevropa kapitalining chekka xo'jaligi si- fatida ishlatila
boshlandi, aslini olganda dunyo savdosiga aylanib qolgan tashqi savdoni
kengaytirishning asosi bo'lib xizmat qildi. Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro
mehnat taqsimoti, dunyo xo'jaligi va bozorining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat
qildi. Savdo-sotiq hajmi oshdi, mustamlakalardan keladigan mahsulot- lar hisobiga
ularning turlari mislsiz kengaydi. Savdo aylanmasiga avvallari Yevropaga
noma'lum bo'lgan yangi tovarlar - tamaki, kakao, kofe va boshqa mahsulotlar
kiritildi. Shu vaqtdan boshlab bunday mahsulotlar juda keng tarqalib ketdi.
Ziravorlar, guruch, qand iste'moli keskin oshdi.
Dunyo bozorining vujudga kelishi xalqaro savdo-sotiqning nafaqat tuzilishi
va xususiyatlariga, balki uni amalga oshirish us- ullariga ham radikal o'zgarishlar
kiritdi. Yangi bozorlarni egal- lash uchun kurashda bir qator davlatlarda
yakkahukmron savdo kompaniyalari tashkil etila boshladi. Ularning dastlabkilari
ushbu mamlakat savdogarlarining yer sharining ma'lum hududi bilan savdo-sotig'ini
boshqarib turardi xolos.
Dostları ilə paylaş: |