nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni
boshqarish fani sifatida asosladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy
oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u
qaerda va qanday qilib ko’payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan.
Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi
merkantilizm deb atalgan. Bu oqim
tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik
savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi,
savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir,
deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech
qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko’paymasligi ma’lum bo’lib qoldi.
Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat
iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o’z panohiga
olishi zarur deb hisoblaydi.
Keyingi oqim
fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq,
boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’payadi, degan g’oyani olg’a surdilar.
Ularning vakili bo’lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini
(1758) yozdi va
unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini
ta’riflab berdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan
mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa
unumsiz mehnat deb hisoblangan.
Keyinchalik iqtisodiyot fanining
klassik maktabi namoyondalari bo’lmish
A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq
xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa
xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma
boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni
aytish kerakki, A.Smitning “ko’rinmas qo’l” printsipi hozirgi kunda juda ko’p tilga
olinmoqda. U o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida
tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat xususiy
manfaatdir deb ko’rsatadi. Inson o’z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni
foyda olishga intilib, mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat
turini yaratadi, boshqalarga yetkazib beradi, o’z kapitalini ko’paytiradi va shu
intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadi deb
tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin
harakatini ta’minlash printsipini ilgari suradi.
Ulardan keyin
marksizm deb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining
nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga
kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni
hamda qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi
Dostları ilə paylaş: