1-mavzu: Iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni va natijalari reja


Iqtisodiy fanlarning shakllanishida asosiy g’oyaviy oqimlar



Yüklə 283,17 Kb.
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü283,17 Kb.
#188656
1   2   3   4   5   6
1-mavzu Iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni va nati

Iqtisodiy fanlarning shakllanishida asosiy g’oyaviy oqimlar
Iqtisodyo’li nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayo’ligan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. В unday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlaming, jamiyatning boyligi (puldan, oltindan iborat boylik) savdoda, asosan tashqi savdoda-muomala jarayonida paydo boladi, ко'payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnat I ar esa unumsizdir, deb tushuntiradi.
Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri-XVI asr o‘rtalari) monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti- pul (oltin, kumush) ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan. Vaqt o‘tishi bilan merkantalistlar bu tadbir o‘z- o‘zicha mamlakatning boyligini oshirmasligini tushunishgan. Keyingimerkantalizm (XVII asr-XVIII asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va faol savdo balansiga ega bo‘lishda pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo’lishini anglashgan. Bu holda asosiy talab tashqi savdoda pulning ijobiy qoldig‘i bo‘lishi hisoblangan, pul oqimini tartibga solish esa iqtisodiy usullar yordamida erishilishi lozim (tashqi savdoni yuqori boj tariflari bilan cheklash, tovarlar eksport uchun imtiyozli shartlami belgilash).
Keyingi merkantlizmning Angliyadagi asosiy nazariyachisi Tomas Men (1571-1641) hisoblanib, shu oqim nuqtai nazdida davlatning ichki va tashqi siyosati asoslanadi. Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm siyosatiga tayanadi, ya’ni davlatning iqtisodiyo’tni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan yuqori bo‘lishi va boylikni ko'paytirishni ta’minlashi zarurligiga e’tibor qaratadi.
Bu ob’ektiv vujudga kelgan nazariya va siyosat kapitalning dastlabki jamg‘aril ishi va shu orqali iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
«Fiziokratlar» merkantilistlardan farqli olaroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko'payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. Fiziokratiya grekcha so‘zdan olingan bolib tarjimasi “tabiat hukmronligi” degan ma’noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694-1774) qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo’li bilan qo‘shimcha “sof mahsulot” vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi.
Qishloq xo‘jaligida doimiy takror hosil qilinadigan boylik barcha sohalar o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, savdoning gullab yashnashi va aholi farovonligiga olib keladi, sanoatni rivojlantiradi hamda millatning kamolatini ta’minlaydi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi.
F.Kene birinchi bo‘lib ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli - mashhur “iqtisodiy jadvalni” yaratadi. Kene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom-ashyo, kelgusi yil hosili uchun urug’lik ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyo’tda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi harakatda bo'lad i deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular yer mulkdoriga renta shaklida beradi.
Fiziokiatlar butun sof daromad mulkdorlar sinfiga tegishli bo‘lishi sababli, mazkur daromadga soliq kiritib, uni yer mulkdorlaridan undirib olish zarur deb hisoblaydi.
Fiziokratlardan boshlab klassik maktab iqtisodiyo’tda takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlari moddiy boylik va xizmatlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol jarayonlarini o‘rganadi. XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo’lmish A.Smit, V. Petti, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo'jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isb’ollab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. Qiymatning o‘zini tovar ishlab chiqaruvchi xodimlar mehnati vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, ular boylikning onasi yer, o’lasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va turmush favovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o'zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob’ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima ishlab chiqarilsa jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. Boylikning o‘sish shart-sharoitlari - mehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir.
A. Smit qiymatning manbai mehnat deb hisoblaydi jamiyat rivojlanishi bilan mehnat bilan birga kapital va yer ham qiymat manbai bo‘lib boradi, shu sababli tovar narxi ish xaqi, foyda va rentadan qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi bilan jamiyatning barcha sinflari daromadi о‘sib boradi, pul qiymat oichovi vazifasini bajaradi degan xulosaga keladi. A. Smit tushunishicha qachonki shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatda ustun tursa bozor qonunlari iqtisodiyo’tga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘z manfaatini shaxsiy iqtisodiy faolligi natijalarini faqat boshqalar bilan o‘zaro ayriboshlash yo’lii bilan ro‘yobga chiqaradi. Shunday qilib, kishilar o‘z manfaatini ko‘zlab, bir-birlari uchun mahsulot ishlab chiqaradi, bozor esa bir-birlarining manfaatlarini hisobga olishga majbur qiladi, ya’ni bunda kishilar beihtiyor jamiyat uchun ishlaydi.
A. Smitning “korinmas qo‘1” qoidasida bozor kuchlari (erkin narxlar, talab va taklif, raqobat) va ob’ektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta’siri nazarda tutiladi. U davlatning jamiyatdagi yangi sinfi - kapitalist - tadbirkorlar xo'jalik ishlariga aralashmasligini yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiiy erkinlik siyosati uning nazariyasida ilmiy asoslangan va quyidagilami ko‘zda tutadi: ishchi kuchining erkin harakati, yer bilan erkin savdo, sanoat va savdo faoliyat qilishini davlat tomonidan reglamentlashtirishni bekor qilish. A. Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D. Rikardo hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi - qiymat qonuni yahlit iqtisodiy nazariy fani shakllanadigan asos deb tan olinishidir. D.Rikardo mazkur fanning asosiy vazifasi daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonuni ami ochishda deb biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb hisoblaydi hamda o‘zning taqsimlash konsepsiyasida iqtisodiy hayo’li jo‘shqinligini ko‘rsatadi. D.Rikardo kapitalizmga ishlab chiqarishning mutloq ratsional tizimi, foyda normasi esa - kapitalizm jo‘shqinligining rag‘batlantuvchisi sifatida qaraydi.
Iqtisodyo’t nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. U kapitalzmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yolida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilagan fan boimog‘i lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv bo’lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-Simon, Shari, Fure, Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo‘nalish jamiyat taraqqiyo’tiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ulaming iqtisodiy tizimi, tarkibiy qismlari, vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan o’rin almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. Mazkur ta’limot asoschilari nemis iqtisodchisi va sitsiologi K. Marks (1818-1883) hamda uning izdoshi F. Engels (1820-1895) o‘zlarining nazariy konsepsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda uchta ilmiy manbaaga tayanib yaratadi: A. Smit - D. Rikardoning Angliya klassik siyosiy iqtisodiyo’ti, Gegel - Feyrbaxning nemis klassik falsafasi va fransuz utopik sotsializmi.
K. Marks ta’limotida asosiy o‘rinni bazis va ustkurma konsepsiyasi egallaydi unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayo’li) kishilar ongini belgilaydi. Uning nazariyasida kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotini bozor prinsiplari buzilishiga olib kelishi toliq bandlikni ta’minlay olmasligi, kolonial ekspluatal’siya va urushlarga tortishi qayd qilinadi. K. Marks A. Smit va D. Rikardo asos solgan qiymatning mehnat nazariyasini yangidan qayta ishlaydi. Qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarishga proletariatni ekspluatal’siya qilish orqali erishilishini va uning kapitalistlar tomonidan o‘zlashtirilishi ular boyligining ko'paytirishning doimiy manbaini tashkil qilishini qayd qiladi. K.Marks fikricha kapitalning jamgcarilish jarayoni sinfiy kurashning keskinlashishi va kapitalizmning barbod b’olishi bilan tugaydi. K. Marks kapital to‘g‘risidagi tal’imoti bir xil baxo olmadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bizning mamlakatda marksistik g‘oyani ro’yobga chiqarishga qaratilgan harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo’ldi. Bu uning chuqur inqiroziga olib keldi.
Hozirgi kunda Marks tanqidchilari kapitalizm barbod bo‘lganligi va uning bashoratlari tasdiqlanmaganligini qayd qilishadi. Marks g'oyasining tarafdorlari utadqiq qilgan kapitalizm 1930 illardagi buyuk depressiya davrida barbod iganligini ko‘rsatadi
Hozirda mavjud bolib turgan bozor iqtisodiyo’ti jamiyat turmush farovonligi yuksalishini ta’minlashga layoqatli iqtisodiy tizim modeli ckanligini tasdiqlaydi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab “siyosiy iqtisod” atamasi “iqtisod” tushunchasiga almashtirila boshlandi. Mazmunan iqtisodiyo’t nazariyasida yangi yo’lialish “ekonomiks” (inglizcha economics - iqtisod, xo‘jalik hayo’ti, iqtisodiy fan) shakllandi. U mazmunan fan sifatida xo‘jalikni rivojlantirish qonunlarini o‘rgatishni anglatadi. Shu sababli bu davrdan qator g‘arb mamlakatlarida yangi iqtisodiy konsepsiyalar paydo boldi va mustahkamlandi. Ularda qiymatning mehnat nazariyasini inkor qilish asosida nazariy fanni uning ijtimoiy muammolaridan ozod qilishga urunishlar kuzatildi. Fan tadqiqot markaziga ijtimoiy va tarixiy mazmundan mahrum qilingan bir qator umumiy prinsiplar qo‘yildi. Bular: iste’mol jarayonida iqtisodiy ne’matlar sub’ektiv nafligiga pasayib borish prinsipi iqtisodiy muvozanatlik qoidalari va boshqalar.
Iqtisodiyo’t nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqarishning mavjud omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydalanishning muqobil imkoniyatlaridan tanlashda muammoning ijtimoiy mazmunidan ozod qilingan “texnologiya” bo’lib qoldi. Diqqat markazga iqtisodiyo’tning bozor mezonlariga binoan samarali faoliyat qilish masalasi chiqadi. Har bir iqtisodiyo’t sub’ekti imkoniyatlar cheklanganlik muammosiga to‘qnash keladi, Shundan kelib chiqib, fan jamiyat cheklangan resurslardan nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish muammosini qanday hal qilish muammosini tadqiq qiladi. Ayni vaqtda iqtisodiyo’t nazariyasi fan sifatida qolish uchun ijtimoiy va siyosiy muammolar mavjudligini ham inkor qilmasligi zarur.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. U inglizcha so‘zdan olingan bo'lib, “keyingi”, “qo‘shilgan” degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabimng namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bern Bavrek va boshqalar) bo’lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Bu oqim iqtisodiy fanda yangi yo‘nalish neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A. Marshall bo’lib, u iqtisodiy jarayonlaming uzviy bog‘lanishi va uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.
Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchilarning izdoshlari deb hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik prinsiplarini qoilab chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiyo’ti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratish zarur. Neoklassik oqim tarafdorlari o‘zlarining tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy tashkil qilinish shaklidan qat’iy nazar “sof iqtisodiyo’t” va shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqtisodiyo’ti alohida sub’etlari hatti-harakatini nazarda tutadi.Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter «Iqtisodiy taraqqiyo’li nazariyasi» (1912 yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyo’tni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Keyns (1883-1946) o'zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog’liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’mol nisbatlarming eng maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyo’lining muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns taiimoti ta’sirida iqtisodiyo’tda makroiqtisodiy tahlil yoiga qo'yildi. U davlatning iqtisodiyo’tni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini asosladi.
Keynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi takomillashgan va o'z – o’zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin bo'lgan yuqori bandlik va iqtisodiy o'sish faqat iqtisodiyo’tga davlatning faol aralashuvi orqali ta’minlanishi mumkin. O’tgan asmi 50 - yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xorrod, Ye. Domar, E. Xansan va boshq.) bandlik va inflyatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muammosi ning yechimini ishlab chiqadi. “Neoklassik sintez” konsepsiyasi ham shunga yo’lialtirilgan. Jumladan, P. Samuelson neoklassik va keynscha nazariyani ishlab chiqarishning optimal darajasini ta’minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillami bogiashga harakat qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki to‘liq bandlikka erishilganda bozorning o'zini - o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata boshlaydi. XX asrning 60 - 70 yillarida yangi keynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N. Kaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini cheklash, inflyatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D. Rikardo g‘oyalari bilan toidirishga harakat qiladi.
Keyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori sur’atlarini ta’mini ash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o'stirish imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozi iqtisodiyo’tni davlat tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflyatsiya va iqtisodiy boiironlarni bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyo’t nazariyasidagi yangi yo‘nalish - monetarizm, yangi klassik maktab va neoinstitutsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.
Monetarizm erkin raqobat va narxning erkin shakllanishini bozor iqtisodiyo’tining asosi va uning muozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi. Ular fikricha bozor o‘z - o‘zini tartibga soluvchi tizim bolib qolaveradi, davlatning aralashuvini esa faqat pul sohasi bilan cheklash lozim. Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi M.Fridmen o‘zining tadqiqoti negizida iqtisodiyo’tni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, degan g‘oyani ilgari suradi. M. Fridmenning fikricha pul iqtisodiy jarayonlami tartibga solishning tartibsiz dastagi bo’lishi mumkin.
XX asrning 50-60-yillarida neoklassik yo’lialishida bir qator yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari qu’ydagilar:
Neoliberalizm (F.Xayek, Shumpeter, L.Erxard) - asosiy e’tibo’li davlatning iqtisodiyo’tga aralashuvni eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy о mill ar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyo’tga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo‘nalishdagi iqtisodiy qarashlar «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan bolib, bu AQSh, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o‘tiladi.
Hozirgi paytda bu yo'nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MDH davlatlarida «Iqtisodiyo’t nazariyasi» deb atala boshladi. «Iqtisodiyo’t nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yoi va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, kocpincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo’lsada ular bir-birini toidiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalaming ichki ziddiyatlarini, qonunlarini maium darajada umumlashtirib ifodalaydi.
Iqtisodiy fanda tiirli xil maktablarning mavjud bo’lishi va iqtisodiy jarayonlami bilishga turlicha yondoshuvlar iqtisodiy hayo’lining murakkabligi, o‘zgamvchanligi va ziddiyatli bo’lishini tasdiqlaydi. Shu sababli hech bir nazariya doimiy va mutloq haqiqat bolib qolmaydi. Ayni vaqtda bu nazariyalar o‘z rivojlanishining u yoki bu bosqichida turgan jamiyat iqtisodiy muammolarini mushohada etish va hal qilishga maium hissa qo‘shadi. Shundan kelib chiqib va vujudga kelgan ziddiyatlami bartaraf qilish maqsadida turli xil, hatto iqtisodiyo’t nazariyasidagi qarama - qarshi oqimlar yutuqlarini umumlashtirish zarur bo’ladi.



Yüklə 283,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin