Metodologiya
-
faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda,
siyosatda, san’atda va h.k). va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi
sifatida amal qiladi.
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi
mumkin emasligi ay on bo‘ldi va u albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z
sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy
aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak.
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta ’minlovchi boshqa
vositalami ham o ’rganadi.
Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya
hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror
dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini
ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida
ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari
va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish
mexanizmlari va shakllarini o’rganadi.
Xullas,
metodologiya metodlar u ig‘indisi
va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.
2. Metodlaming tasnifi.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish
doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular:
fan metodlari, xususiy ilmiy
metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari, empirik tadqiqot metodlari, nazariy
tadqiqot metodlari, umummantiqiy metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa
metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir.
Quyida ulaming
mazmunini tahlil qilamiz:
Dostları ilə paylaş: |