1-Mavzu: Faning rivojlanish tarixi Payvandlash



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə1/16
tarix17.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#114968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-Mavzu Faning rivojlanish tarixi Payvandlash


1-Mavzu: Faning rivojlanish tarixi
Payvandlash (texnikada) — qattiq materiallar (metall, keramika, shisha, va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. P.ning 60 dan ortiq usuli bor.
Metallarni Payvandlash qadimdan maʼlum. 1882 yilgacha bosim ostida payvandlashning temirchilik usulidan foydalanilgan. Rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni koʻmir elektroddan foydalanib P. (elektr yoy) usulini topgan, rus muhandisi N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, koʻmir elektrod oʻrniga metall elektrod ishlatgan. Atsetilen topilganidan keyin fransuz metallurgi E. Fushe gaz payvandni, amerikalik olim J. Tomson qarshilikli uchma-uch P. (1837), keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt P. usulini ixtiro qildi, akad. Ye. O. Paton (1940) rahbarligida elektr shlakli payvandlash usuli ishlab chiqildi.
Payvandlashning bosim ostida va eritib payvandlash usullari bor. Bosim ostida payvandlash da metall plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashki kuch taʼsir ettiriladi. Bunday P. mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullarga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy payvandlash usullari ham bor.
Eritib payvandlash da biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. Payvandlash vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, unga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalardan foydalaniladi. Mas, gaz payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularni atrofdagi muhit taʼsiridan saklaydigan flyus yoki maxsus qoplamalardan foydalaniladi va gaz himoya usullari qoʻllaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi.
Elektrkimyoviy usulda payvandlash zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yey) vodorod bilan, baʼzan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan oʻraladi, natijada eritib yopishtiriladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy taʼsiridan saqlanadi. payvandlash zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qoʻllaniladi. Elektr yey bilan payvandlash da buyumlarning payvandlanadigan joylari elektr yoyi bilan eritib biriktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga boʻlinadi.
Bunday payvandlash qoʻlda va avtomatik tarzda bajariladi. Yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida payvandlash usullari ham bor. Suv ostida payvandlash (mas, kemalarning tagini tuzatish), kosmosda payvandlash (mas, kosmik styalarni kosmosda montaj qilish) usullari rivojlangan, yuqori vakuum va vaznsizlik sharoitida turli metallarni payvandlash usullari ham keng qoʻllanilmoqda.
Lazer nurlari yordamida payvandlash usullari takomillashtirilmoqda.

2-Mavzu: Eritib payvandlash mohiyati


Eritib payvandlashda biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi.
Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. Payvandlash vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi.
Shuning uchun payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, unga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalardan foydalaniladi.
Mas, gaz payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularni atrofdagi muhit taʼsiridan saklaydigan flyus yoki maxsus qoplamalardan foydalaniladi va gaz himoya usullari qoʻllaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi.
Metallarni payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar suyuqlanadigan (metall) va suyuqlanmaydigan (grafit, volfram) turlarga ajratiladi. Metall elektrodlar uglerodli va legirlangan poiat, cho’yan, rangli metall va ularning qotishmalari simlaridan tayyorlanadi. Ularning kimyoviy tarkibi payvandlaniladigan metall tarkibiga yaqin bo’lishi, chok sifatiga salbiy ta’sir etadigan elementlar kam bo’lishi lozim. 
Masalan, uglerodli po’latlarni payvandlashda Sv08A, Sv08GS, Sv10G2 markali, legirlangan po’latlarni payvandlashda Sv18XGS, SvIOXMFIT, Sv12XV va boshqa markali simlardan foydalaniladi. Po’latlarni dastaki payvandlashda elektrod simlar diametri 0,3 12 mm gacha boiib, uzunligi 350450 mm bo’ladi. 
Qoplamali elektrodni elektrod tutqichga kontaktlash joyi elektrod simni 30-40 mm ginafaqat qoplamaydi. 
Qoplama tarkibi shunday bo’lishi kerakki, payvandlashda u erib yoyni barqaror yonishini ta’minlashi, eriyotgan metall elektrodni va vannani tashqi muhitdan muhofaza etishi va oksizlantirib shlak hosil etib, vannani sekin sovishini ta’minlash bilan uni gaz va nometall materiallardan tozalanishga, legirlash bilan chok sifatini yaxshilashga ko’maklashmog’i lozim. 
Elektrod simga qoplama maxsus mashinada yoki vannadagi qoplama massaga botirib tegishli qalinlikda qoplanadi. 
Payvandlashda bu uchastkada metall elektrodning va payvandlanuvchi metallarning payvandlash joylarining eritishidagi hosil bo’lgan kichik vannaning havoda sovib kristallanishida bu uchastka hosil bo’ladi. 
SHu sababli bu uchastka strukturasi kam uglerodli quyma po’lat strukrasiga yaqin bo’lib, uzunchoq dendrit kristallardan iborat ‘ladiPayvandlashda bu hastka metallning ayrim joylarigina erib, qolgan joylari o’ta ziydi. SHu sababli bu uchastka metallni havoda sovishida hosil qilgan strukturasi qisman yirik donali ferrit va perlitlardan iborat bo’ladi.
Kam uglerodli po’latlarning metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlashda struktura o’zgarishlari sxemasi. 
3-Mavzu: Eritib payvandlash usullari
Metallami payvandlash usullarini GOST 19521-84 ga ko’ra quyidagi sinflarga ajratiladi: 


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin