1 mavzu alkenlarning kimyoviy xossasi reja



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə2/3
tarix05.09.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#141575
1   2   3
1 -MAVZU ALKENLAR

Olinish usullari. Etilen uglevodorodlari neft tarkibida uchraydi. Neft tarkibidan C6H12 dan C13H26 gacha bo’lganlari ajratib olinadi.
Etilen uglevodorodlarining dastlabki to’rt vakili neftni qayta ishlash mahsulotlari tarkibidan ajratib olinadi. Ularni yana toshko’mirni koksga aylantirish vaqtida hosil bo’ladigan gazlardan ham ajratib olish mumkin.
S

anoatda etilen uglevodorodlari asosan to’yingan uglevodorodlardan vodorodlarni tortib olish (degidrogenlash) orqali olinadi. Bu jarayonda katalizator sifatida xrom oksidi ishlatiladi:
Laboratoriya sharoitida etilen uglevodorodlari to’yingan bir atomli spirtlardan suvni tortib olish orqali olinadi.

K



atalizator sifatida suvni tortib oluvchi vositalar – sulfat va fosfat kislotalar, kaliy bisulfat, fosfor-(V)-oksid va boshqalardan foydalaniladi. Agar jarayon bug’ fazada o’tkaziladigan bo’lsa, katalizator sifatida alyuminiy oksidi ishlatilishi mumkin. Jarayon sulfat kislota katalizatorligida o’tkazilganda spirtlardan etilen uglevodorodlarining hosil bo’lishi quyidagi mexanizm orqali sodir bo’ladi:
Bu jarayonda suv eng oson uchlamchi, so’ngra ikkilamchi va birlamchi spirtlardan ajralib chiqadi. Uchlamchi spirtlardan suv sulfat kislota bilan qo’shib haydalganda ham ajrala boshlaydi.
S

pirtlardan suvning ajralib chiqishi. Zaysev qoidasiga binoan boradi, bunda vodorod eng kam vodorod tutgan uglerod atomidan ajraladi, ya’ni:
Spirtlardan suvni tortib olish jarayonida hosil bo’ladigan etilen uglevodorodi izomerlanishi mumkin. Shuning uchun bu jarayonni o’tkazilganda bitta uglevodorod emas, balki uglevodorodlar aralashmasi hosil bo’ladi.
Etilen uglevodorodlarini uglevodorodlarning galogenli hosilalaridan galoid vodorodni tortib olish orqali ham olish mumkin. Bunda galoid vodorodni tortib oluvchi vosita sifatida quruq ishqorning spirtdagi eritmasi, uchlamchi amin, xinolin va boshqalardan foydalaniladi. Galoidli hosila sifatida yodli yoki bromli hosilalari ishlatilganda yaxshi natija olinadi. Xlorli hosilalar bilan jarayon qiynchilik bilan boradi:

Etilen uglevodorodlarini uglevodorodlarning ikki galogenli hosilalaridan ham olish mumkin


:


Lekin bunda hosil bo’lgan etilen uglevodorodlari rux galogeni ishtirokida izomerlanishi mumkin. Shning uchun rux kukuni o’rniga bu jarayonlarda ikki valentli xrom tuzlari, natriy yodid va boshqalardan foydalaniladi.
E

tilen uglevodorodlarini atsetilenga palladiy katalizatorligida vodorod biriktirib olish mumkin:

Olefinlar olish usullarining laboratoriyada keng qo`llaniladigani sirka kislota efirlarini piroliz qlishdir (400-5000C):


СnH2n+1 – OOC – CH3  CnH2n+ CH3COOH

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin