1-ma’ruza: O’zbek xalq musiqa ijodining nazariy va amaliy tarixiy ahamiyati. Reja



Yüklə 76 Kb.
səhifə1/9
tarix20.11.2023
ölçüsü76 Kb.
#166596
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma\'ruza


1-MA’RUZA: O’zbek xalq musiqa ijodining nazariy va amaliy tarixiy ahamiyati.
Reja:

  1. O’zbek xalq musiqa ijodining maqsad vazifalari

  2. Fanning ta’limdagi o‘rni

  3. Fanni o‘qitishda zamоnaviy aхbоrоt va pеdagоgik tехnоlоgiyalar



  • O’zbek xalq musiqa ijodi fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Talabalar o’zbek xalq musiqa va qo’shiqchilik ijodiyoti, an’anaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariy va amaliy (amaliy) mashg’ulotlar jarayonida bevosita tanishib oladilar.

  • Xalq qo’shiqchiligi an’analari va an’anaviy musiqa ijodining yuzaga kelishi, uning turli davrlarda yangilanishi, mazkur jarayonga asos bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy omillarning o’zgarib borishi haqidagi xulosalarga ega bo’ladilar. Qo’lga keltirilgan yutuqlarni tahlil qilish fanning ijodiy jarayonlar bilan bog’liqligini belgilaydi.

  • Talabalarning mazkur fanni o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir.

  • Fanni o’zlashtirishda

    • darslik

    • o’quv va uslubiy qo’llanmalar

    • ma’ruza matnlari

    • tarqatma materiallar

    • elektron materiallar

    • sintezatorlar hamda musiqiy kompyuter dasturlaridan foydalaniladi

O’zbek xalqining o’q ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramokda. U o’zining xalq ijodi (ya’ni, folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlari – dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona – lirik mazmundagi epik asarlar–dostonlar ham muhim o’rin egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyoti va ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrdari ham g’oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi.


O’zbek musiqa folklori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari o’z funktsiyasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.

Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin