1-ma’ruza: Nanofizika asoslari Reja: Mikro va nanoelektronika



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə2/7
tarix28.09.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#150101
1   2   3   4   5   6   7
1-ma’ruza Nanofizika asoslari Reja Mikro va nanoelektronika mi-fayllar.org

Nanotexnologiya – bu ma’lum atomar tuzilishli mahsulotlarni, ularning atom 

va molekulalarini joylashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarish usullari yig‘indisidir.
Nanotexnologiyaga berilgan bunday ta’rifga ko‘ra tabiiy savol tug‘iladi: 
materiallarni atom va molekulalar darajasida manipulyatsiya- lashimiz (bu yerda
ishlashimiz) mumkinmi? Bizning barmoqlarimiz nanomasshtab uchun juda ham 
kattalik qiladi-ku. Bu savol zamonaviy nano fanining jumbog‘i bo‘lsa kerak. Bu
jumboqni yechishning eng chiroyli yo‘lini Erik Dreksler o‘zining “Yaratish (barpo 
etish, vujudga keltirish) mashinalari” kitobida taklif qildi. Atomlar bilan ishlash
uchun u mahsus nanomashinalarni yoki assemblerlarni yaratdi.
Ularni ko‘z oldimizga keltirish uchun avvalo molekulalar qanday
tuzilganligini rasm orqali ko‘rishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun biz atomlarni 
munchoqlar ko‘rinishida chizamiz, molekulalarni esa sim orqali bir-biriga


bog‘langan munchoqlar guruhi deb ko‘rsatamiz. Atomlar yumaloq shaklga ega


(sharlarga o‘xshash), molekulyar bog‘lanishlari – sim bo‘laklari bo‘lmasa-da, biz 
ko‘z oldimizga keltirgan model bizga bu bog‘lanishlar uzilishi va qayta tiklanishi
mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
1.1-rasm. Metan molekulasi modeli (СН

4
)


Nanomashinalar atom va molekulalarni ushlab olishni bilishi va ularni 

xoxlagan tartibda bir-biriga bog‘lay olishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday


mashinalar tabiatda minglab yillardan buyon muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqda. 
Misol tariqasida ribosomalar tomonidan oqsilni sintez qilish mexanizmini keltirish
mumkin.
Biologiya kursidan eslarsiz ribosomalar RNK molekulasini “o‘qib” oqsil
tuzadi. O‘quvchiga bu jarayonning asosiy paytlarini qisqacha eslatamiz. 


Oqsillar – barcha hujayralarning hayot faoliyatini ta’minlovchi zaruriy
tarkibiy qismidir. Oqsillarning organizmdagi (tanadagi) roli xilma - xildir. 
Tanamizdagi barcha hayotiy jarayonlarda uning o‘sishi va ko‘payishini
boshqarishda ishtirok etadigan oqsillar – gormonlar ajralib turadi. Yorug‘lik 
sezuvchi maxsus, oqsil – rodopsin hisobiga ko‘zimiz to‘r pardasida tasvir paydo
bo‘ladi. Aktin va miozin oqsillari hisobiga mushaklarimiz qisqaradi va bo‘shashadi, 
buning natijasida biz harakat qila olamiz. Organizmdagi barcha kimyoviy jarayonlar
maxsus oqsillar – fermentlar ishtirokida kechadi. Ularsiz ovqat xazm qilish, nafas 
olish, moddalar almashuvi, qon ivishi va boshqalar sodir bo‘lmaydi. Oqsillar himoya
funksiyasini ham bajarishadi, organizmga kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar 
yoki zaharlar tushsa, ular immunoglobulin oqsillarini ishlab chiqaradi va zararli
ta’sirlarni yo‘q qiladi. 


Oqsillar


va

ular
faoliyati 


funksiyalarining
xilma-xilligi 
bilan
tanishganimizda, o‘simlik va hayvonot olamining barcha oqsillari – mutlaq inert 

oqsillardan to biologik faol bo‘lgan oqsillargacha – peptidli bog‘ deb ataladigan


kimyoviy bog‘lardan tuzilgan bo‘lib, ular yagona standart zanjirlar - 



Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin