1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


-rasm. Pnevmatik purkash usulida bo’yoqlarni qoplash qurilmasining sxemasi



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə42/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

2-rasm. Pnevmatik purkash usulida bo’yoqlarni qoplash qurilmasining sxemasi: 1 - bakka havoni uzatish shlangi; 2 - suv-moy-ajratkich; 3 – bo’yoqni haydash baki; 4 – havoni purkagichga uzatish shlangi; 5 – bo’yoqni bo’yoq purkagichga uzatish shlangi; 6 – bo’yoq purkagich
Qizdirilgan bo’yoqlarni pnevmatik purkash bilan bo’yash eng samarali usul hisoblanadi.
Havosiz purkash usuli pnevmatik purkashdan, bo’yoqning purkalishi yuqori gidravlik bosim ostida amalga oshirilishi bilan farqlanadi. Bo’yoq nasos orqali hosil qilinadigan 2100-4200 kPa bosim ostida tozalagich orqali purkagichga o’tadi va mahsulotga yo’naltiriladi. Bu holda qurilma lakbo’yoq materiali bosimi doimiy bo’lishini va kerakli miqdorda bo’yoq uzatilishini ta’minlashi lozim.
Pnevmatik purkashga nisbatan bu usul lakbo’yoq materiallarining tuman hosil bo’lishi hisobiga isrofini kamaytiradi, ammo qoplamaning sifati yuqori bo’lmaydi.
Yuqori kuchlanishli elektr maydonida bo’yash avtomobillar kuzovlari va kabinalarini ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi: zaminlangan konveyerda harakatlanuvchi mahsulot bilan purkagich o’rtasida yuqori kuchlanishli elektr maydoni hosil qilinadi; manfiy zaryadlangan bo’yoq zarrachalari konveyer bo’ylab harakatlanayotgan va musbat zaryadlangan mahsulotga tortiladi.
Yuqori kuchlanishli elektr maydonida bo’yash paytida bo’yoqni uzatish uchun elektromexanik aylanuvchi purkagichlar qo’llaniladi. Ularga doimo aylanma harakatlanuvchi bo’yoq “bo’yoqli rezervuar-nasos-purkagichrezervuar” tizimidan uzatiladi. Purkagich-elektrodlar bo’yash sharoitlariga bog’liq holda U-simon kosa yoki choy kosa shaklida bo’lishi mumkin (3rasm).
Mahsulot 1 ni bo’yash jarayonida yuqori manfiy potensial ulangan, tez aylanuvchan purkash kallagi 2 ning markaziga bo’yoq uzatiladi. Bo’yoq markazdan qochma kuchlar ta’sirida purkash kallagi qirralaridan mayda tomchilar ko’rinishida tekis sochiladi. Bo’yoqning sochilishiga birvarakayiga elektrostatik itarish kuchlari ham ko’maklashadi, chunki purkagich bilan bevosita ta’sirlashishi natijasida tomchilarda ham manfiy zaryad hosil bo’ladi.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin