Vaqtinchalik (mavsumiy
)
narx
- bu vaqtning ma’lum davrida (mavsumda) amal qiluvchi narx.
Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra netto narx, brutto narxlar farqlanadi. Netto
narx- bu tovarning “sof” narxi. Brutto narx (yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib,
belgilangan narx (tovarlar bo‘yicha
soliqlar, chegirmalar, “franko” turi, sug‘urta).
Narxning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, narxlar mahsulot ishlab chiqarilgan rayondan
iste’mol rayoniga tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab
narxlar (Franko, FOB, FOS va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida
qanday taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
1.
Franko-mahsulot yetkazib beruvchining ombor narxlarida mahsulotni yetkazib
beruvchi
omboridan to iste’molchi omboriga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha transport va yuk
tashish-tushirish xarajatlarini iste’molchi (yukni qabul qilib oluvchi) ko‘taradi. Mahsulot
yetkazib beruvchi esa bu xarajatlardan ozod bo‘ladi. Franko-
mahsulot yetkazib beruvchi
omborining ulgurji narxlari keng qo‘llaniladi.
Mahalliy sanoat mahsulotlari, shuningdek,
ba’zi qurilish materiallari va boshqalar ham ana shunday narxlarda sotiladi. Iste’molchi
materiallarni o‘z transport vositalari bilan yetkazib beruvchining omboridan tashib olganida
ham o‘sha franko narxlar qo‘llaniladi.
2.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya (pristan) narxlari mahsulot yetkazib beruvchining
materialni jo‘natish stansiyasigacha (pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq
qo‘shimcha xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish
xarajatlari bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan joyda uni tushirish,
iste’molchining omborigacha tashib borish xarajatlari bu xil franko narxiga kirmaydi. Bu
narxlar amalda mol yetkazib beruvchini materialning to‘liq va sifati buzilmagan holda
tashib
olib borilish javobgarligidan ozod etadi.
3.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlari mahsulotni o‘z omboridan jo‘natish
stansiyasiga (pristanga, portga) tashib borish bilan bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha
yo‘llarga chiqarish, teplovozlar manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga (kemalarga)
ortish xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan transport tashkilotlari tomonidan
joriy qilingan (masalan, mahsulotni taroziga solish) to‘lovlar mahsulot yetkazib beruvchi
zimmasiga yuklanadi. Mazkur xarajatlardan tashqari mahsulot jo‘natish stansiyasidan
iste’molchi omboriga tushguncha o‘rtada bo‘ladigan barcha tashish, ortish-tushirish
xarajatlarini (franko-jo‘natish sanksiyasi baholarida) iste’molchi ko‘taradi.
Bozorning turiga bog‘liq
holda auksionlar, birja kotirovkalari narxi farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: