Shunday qilib, narx siyosatini kiritish, narx belgilash strategiyasini ishlab chiqish va ularni amalda
qo‘llash uchun bozordagi vaziyatni yaxshi o‘rganish, mas’ul shaxslarning saviyasi va oldindan ko‘ra
bilish qobiliyati muhim rol o‘ynaydi.
Korxonada, har bir aniq holatlarda eng yaxshi tarzda ishlab chiqarish va bozor sharoitlarining o‘ziga
xosligiga mos keluvchi va shu tufayli narxga oid siyosatning yuqori samaradorligini ta’minlovchi
“Narx” konsepsiyasini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan savdo imkoniyatlari
mavjud bo‘ladi.
Strategiyalar prinsipial va uzoq muddatli xarakterga ega. Shuning uchun narx strategiyalari,
uning
vositasida narx aksiyalari uzoq muddatli narxga doir muvaffaqiyatga yo‘nalishi mumkin bo‘lgan
“Maqsad” narxga oid strategik konsepsiyaga ega. Strategik qiymatlar quyidagilarga ega: narxga oid
axloq (narx axloqi), (ya’ni halol narxga oid muomala prinsipi), narxni hal qilishning vaqtinchalik
gorizontlari (qisqa yoki uzoq muddatli narxga oid maqsadlar ustuvorligi), turli xil manfaat –
qiziqishlarni e’tiborga olish (masalan, sotib oluvchilar (xaridorlar) yoki aksionerlar qiziqishlari
(manfaatlari) ustuvorligi. Buning ustiga narx qo‘yish qarorlaridagi katta noaniqliklar riskka chidash
ahamiyatiga ega. Masalan, raqobatchilar bilan narx urushi o‘tkaza borib, korxonaning o‘sishiga
erishish mumkinligini prinsipial jihatdan aniqlash kerak.
Narxga oid strategiyalarni loyihalash uchun oqilona dastlabki punkt — strategik uchburchak:
korxonalar – xaridorlar – raqobatchilar hisoblanadi. Korxonalar bu uchburchakda xaridorlar va
raqobatchilar bilan mustahkam aloqada bo‘ladilar, binobarin, bu
aloqa mahsulot qiymati va
so‘raladigan narx bilan bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchilar foydasi – bir tomondan, o‘zida takliflar
natijaviyligi orasidagi farqni, boshqa tomondan, to‘lanadigan narx farqini aks ettiradigan miqdordir.
“Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasida gap “narx-sifat” nisbatiga teng bo‘lmagan “narx-
natijaviylik” nisbati haqida ketmoqda. Taklifning natijaviyligi birinchi navbatda, mahsulot va
assortiment (tur)lar natijaviyligi bilan belgilanadi. Narx natijaviyligi narxning tiniqligi ochiq-
ravshanligi,
narx xavfsizligi, narxning qadr-qiymati, shuningdek, narx hissiyotlari, masalan, narxdan
faxrlanish, narx nufuzi, narx qo‘zg‘atuvchanligining yo‘qligi kabilar bilan belgilanadi. Ular noyob
narx takliflarini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin. Ular ko‘pincha ma’lum servis ishlari
bilan bog‘liq, masalan,
narxga oid yaxshi maslahat, narxning aniq, tushunarli markirovkasi
(ifodalanishi), qulay ta’mirlashga xizmat ko‘rsatish.
“Iste’molchilar foydasi”ning tanlangan konsepsiyasida muvaffaqiyat uchun hal qiluvchi
iste’molchilarga korxona tomonidan bu foyda haqida axborot berilganligidir. Konsepsiyaning
keyingi muvaffaqiyatlari belgisi uning korxonaning ma’lum salohiyatini ko‘zda tutuvchi
originalligidir. “Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasi qanchalik innovatsion va takrorlanmas bo‘lsa,
u e’tiborni shunchalik ko‘p jalb qiladi va pozitiv imijga erishish shunchalik oson bo‘ladi.
Iste’molchilar foydasi konsepsiyasi hamma iste’molchilik istaklarini bir vaqtda hisobga
ololmaganligi bois u ko‘pchilik hollarda xaridorlarni segmentlashni qamrab oladi (narxga oid
segmentlash).
Raqobatchilar bilan raqobat agar “narx-natijaviylik” foydasi raqobatchilar ega bo‘lmagan va
korxonani noyob narxga oid taklif bilan ta’minlaydigan strategik
muvaffaqiyatli potensialda
to‘xtagan bo‘lsa, uzoq vaqt chidashi mumkin. Bunga masalan, qulay narx imiji yoki yuqori narxga
oid ishonch kiradi. Bunday foyda “Narx-natijaviylik”ni narxga nisbatan qanchalik tajovuzkor yoki
osoyishta bo‘lishiga qarab korxona ham narxlarga nisbatan o‘zini shunday tutadi. Bularning
hammasi “Raqobat” strategiyasida umumlashadi. Bu konsepsiya raqobatchilarga nisbatan o‘ziga xos
narxga oid pozitsiyalanishni, ularning narx o‘zgarishiga reaksiyasini (narx bo‘yicha yetakchilik),
narxga oid raqobatchilikda strategik hujum va himoyani tasvirlaydi.
Narxga oid strategiyalar yaxlit konsepsiyalar hisoblanadi, shuning uchun optimal “Mix”ga
qanday
qaralsa, hamma ehtimoliy vositalarning (“Narx” konsepsiyasi) sinergetik o‘zaro aloqalariga ham
shunday e’tibor qaratilmog‘i zarur. “Narx” strategik konsepsiyasining strukturasi taktikoperativ
aksiyalar va ularning “Iste’molchilar foydasi”, “Raqobat” narxga oid strategik konsepsiyani,
shuningdek, strategik maqsadlar tizimini o‘zida aks ettiradi. Buning oqibatida nafaqat iqtisodiy
samaralar va ta’sif kuchayadi, shuningdek, raqobatda mahsulot (korxona)ni namoyish
qilish ham
yaxshilanadi.
Bayon qilingan narx strategiyalarida gap hamisha strategik jihatlarga ega bo‘luvchi taktik-operativ
aksiyalarning prinsipial yo‘nalishlari haqida ketmoqda. Masalan, narxni belgilashda taklif
qilinayotgan mahsulotni “narx-natijaviylik” raqobat maydonida prinsipial namoyish qilish, narxlarni
differensiyalashda esa – narx defferensiatsiyasining kengligi va chuqurligi, narxlar o‘zgarganda –
o‘zgarish variantlari (uzoq muddatli past narx yoki narx aksiyasi), narx liniyalari siyosatida –
narxning mavjud va potensial unumdorlik (mahsulot) dasturi haqidagi masalalar hal qilinmog‘i
lozim. Qarorlarning hammasi strategik xarakterga ega.
Narx strategiyalari – bu korxona tomonidan narx belgilashga nisbatan qo‘yilgan maqsadga erishish
uchun takliflar chizig‘i.
Narx strategiyalari bu turli xil, ko‘plab ehtimoliy bozor va ishlab chiqarish
vaziyatlarida ishlayotgan
korxonalar tovar va uning narxi yordamida erishmoqchi bo‘lgan maqsadlar bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: