1. Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyalar sinfining tashqi va ichki tuzilishi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə3/5
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#124152
1   2   3   4   5
ASSIDIYALAR SINFI.....

Ayirish sistemasi: Ayirish – dissimilyasiya mahsulotlari ba’zi bir to`qimalarda to`planib, organizmda qoladi.
Urchish organlari. Assidiyaning ikkita jinsiy bezi — erkaklik va urģochilik bezlari oshqozonning ustiga joylashgan va bir-biriga taqalib turadi, qobiqlilarning hammasi germafroditdir. Jinsiy bezlari baravar yetilmaganligi natijasida bitta assidiyaning òzi ham erkaklik, ham urģochilik funksiyasini bajaradi. Jinsiy bezlarda pishib yetishgan jinsiy hujayralar maxsus tuxum yòli yoki uruģ yòli orqali atrial bòshliqqa ochiladi. Undan kloaka sifoni orqali tashqariga – suvga chiqariladi va suvda uruģlanadi. Uruģlangan tuxum-zigotaning rivojlanishi natijasida lichinka yetishib chiqadi. Lichinka voyaga yetgan assidiyadan òzining tuzilishi bilan keskin farq qiladi. Lichinkaning keyingi qismida uzun dumi bòladi. Dumi bòylab xorda joylashadi. Lichinkaning halqumida kòp sonli jabra teshiklari joylashadi. Lichinka suvda erkin suzib yuradi va bòyi 0,5 mm cha keladi. Lichinka tezda suv osti jismlariga yopishib olib, regressiv metamorfoz davrini boshidan kechiradi. Dumi, unda joylashgan xordasi, nerv nayi yòqolib ketadi. Nerv nayining oldingi qismi nerv tugunchasiga aylanadi. Teri qoplaģichlari burmasidan atriopor hosil bòladi. Shunday qilib, xordalilarga xos belgilarga ega bòlgan harakatchan lichinka asta-sekin òtroq holda yashovchi voyaga yetgan assidiyaga aylanadi.
Jinssiz urchish vaqtida urģochi assidiyaning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi kolbasimon bòrtma-stolonlar hosil bòladi. Shu bòrtmalarda kurtaklar paydo bòladi, barcha organlar shu kurtaklardan yuzaga keladi.

Assidiyalar sinfi òz ichiga 1000ga yaqin turni oladi va uchta turkumga bòlinadi: yakka assidiyalar, murakkab assidiyalar va olovtanlilar.

Assidiyalar sinfi òz ichiga 1000ga yaqin turni oladi va uchta turkumga bòlinadi: yakka assidiyalar, murakkab assidiyalar va olovtanlilar.

Yakka assidiyalar turkumi-Monascidiae ning vakillari 2-3 mm dan 40-50 sm gacha uzunlikda bòladi. Bularning ichida harakatchan turlari ham uchraydi. Masalan, sharsimon assidiya-Waster ascidia suv tagi bòylab harakat qiladi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin