Diskning sig'imi yo'lchalarning zichligi va uning ishchi tomonlari
soniga bog'liq. Zichliklarning bir karrali (SD - Single Density), ikki
karrali (DD- Double Density), to'rt karrali (QD-Quadruply Density) va
yuqori darajali (HD- High Density) xillari mavjud. Diskning faqat bir
tomonidan foydalanish mumkin bo'lsa, u - SS - Single Sided belgi
bilan va diskning, ikki tomonini ishlatish imkoniyati bo'lsa - DS -
Double Sided belgilari bilan tamg'alanadi.Masalan, DS/HD xildagi 3.5
dyuymli diskning axborot sig'imi 1.44 Mbayt ni, 5.25 dyuymli disk uchun esa 1.2 Mbayt ni
tashkil etadi.
Vinchesterlar kompyuterning ichida joylashgan bo'lib, uning hajmi bir necha
Gbaytgacha boradi. Vinchester deganda silindrsimon shaklidagi maxsus germetik idishga
joylashtirilgan bir o'qqa mustahkamlangan ustma-ust joylashgan disklaming majmuini
tushuniladi. Kompyuter ichida birdaniga bir necha vinchesterlar joylashishi ham mumkin.
Kompakt disklarning axborot sig'imi o'rta hisobda 640 Mbayt ni tashkil etadi. Undagi
axborotlarni yozish yo'lchalari spiralsimon shaklda bo'lib, ma'lumotlarni o'qish va yozish
lazer nuri ko'magida amalga oshiriladi. Kompakt disklar oltin yoki alyuminiy
qotishmalaridan tayyorlanib, doirasimon plastik ichiga joylangan holatda bo'ladi.
Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdonning vazifasi ham oddiy
diskdonnikiga o'xshash ammo ish prinsipi magnitlanishga emas, balki lazer nuridan
foydalanishga asoslangan. Kompakt diskning zarur qismlari nur beribqizitib bo'rttiriladi.
Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdon ichida kichik quvvatda berilgan nur
kompakt diskning bo'rtib chiqqan qismlariga borib urilib akslanadi. Nurning akslanib
qaytgani haqidagi signal birlarni, teskarisi esa nollarni ifodalaydi. Hozirgi davrda sig'imi 10
Gbaytgacha boradigan kompakt disklarni ishlab chiqish yo'lga qo'yilmoqda. Kompakt
disklarda axborot saqlash qulay bo'lsada, uning ish tezligi vinchesternikiga qaraganda
sekindir. Ushbu disklarning diametrlari ham 5.25 yoki 3.5 dyuymlik bo'ladi.
Magnit disklarning yangi xillariga misol sifatida magnitooptik disklarni keltirishimiz
mumkin. Bu disklarni yaratishda magnit va optik texnologiyaning yutuqlari birlashgan.
Magnitooptik disklarning ustunligi ularning sig'imlarining kattaligi, olib yurish mumkinligi,
ish tezligining kattaligidir. Demak, xuddi shu diametrli egiluvchan disklarga qaraganda
o'rtacha olganda ularning sig’imlari hajmi 300, axborotlarni o'qish yoki yozish tezligi esa 10
barobardan ham ortiq kattadir.
Dostları ilə paylaş: