Bug’ generatoridan foydalanishda quyidagilarga e’tibor
bering:
• Quvurda kondensasiyalanishning
oldini olish uchun, silikon quvurlarni har
birining uzunligi 0.5 m bo’lgan ikkita bo’lak qilib kesib oling. – Silikon
quvurlarni
biriktirishdan oldin, barokameraning qizdirish kanalini puflash orqali
tekshiring va uning ichidagi to’siqlardan xoli bo’ling.
• Temperatur datchigini o’z joyiga o’rnatishdan oldin, ozgina moylovchi modda
suring, masalan issiqlik uzatilishini yaxshilash maqsadida mos teshiklarni
suvlang.
- Asferik kondensorni lampa nasadkasiga o’rnating.
- 3-rasmda tasvirlangan qurilmani shunday yig’ingki, bunda lampa,
barokameraning
shisha tuynugi, linza va to’g’ri burchakli prizma bir o’qda
joylashsin.
- Har safar apparat bilan ishlashdan oldin, hech qanday bug’ yoki issiq suv
nazoratsiz sizib o’tib ketmasligiga, apparatga
ziyon yetmasligiga yoki
buzmasligiga amin bo’lish uchun silikon quvurlarning ulanish joylarini
tekshiring.
- Lampani transformatorga ulang va barokamera
tarkibini rangi ochiq sirtga proyeksiyalang ( masalan
devorga qotirilgan oq
qog’oz varag’i).
- Zururiyat bo’lganda, qurilmani o’rnatish tartibini qayta o’qib chiqing.
Kichik optik kursidagi linzani siljitish orqali suyuqlik meniskining tasvirini
to’plang.
Texnika xavfsizligi bo’yicha eslatma
Kritik temperaturani namoyish qilishda foydalaniladigan
barokamera yuqori
bosimda bo’ladi (minimum 20 bar)
■ Instruksiyada mavjud barcha eslatmalarni diqqat bilan o’qing va texnika
xavfsizligiga rioya qiling.
■ Aslo agregat vintini yechib olmang.Jipslagichlar shisha tuynuklarni qisish uchun
xizmat qiladi, shu bilan birga o’ta qizib ketishda ular saqlovchi klapan sifatida
ishlaydi. Ular 100 °C temperaturagacha qo’llanilishi mumkin.
■ Jipslagichlarning xizmat qilish muddatini oshirish
uchun barokameradagi
temperaturani 90 °C dan ortib ketishiga yo’l qo’ymang. Ayniqsa, bug’ generatori
bilan qizdirish amalga oshirilganda, kuyib qolish xavfi bor,
va shuning uchun
barokamera bug’ generatorining baki bilan silikon quvurlar yordamida ulanishi
kerak.
■ Agar siz bug’ generatoridan (30328) foydalansangiz,
instruksiyadagi barcha
eslatmalarga hamda texnika xavfsizligiga rioya qiling.
■ Tajriba apparati issiq bo’lganda, unga tegmang.
Dostları ilə paylaş: